×

Uzbekistan Airways: Bort nazoratchisi (styuardessa) lavozimi uchun tanlov


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

28610 marta

CHOP ETILGAN

25.06.2018

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: Bort nazoratchisi bo’lishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 20-iyuligacha.

Asosiy ma’lumot: O’zbekiston Havo Yo’llari (Uzbekistan Airways) 2018-yil 7-avgustdan boshlanuvchi bort nazoratchi (styuardessa) larni tayyorlash kurslari uchun xotin-qizlardan arizalar qabul qilmoqda. Qatnashchilar saralab olingach, mashg’ulotlar O’zbekiston Havo Yo’llari AJ ning parvozlar majmuasida o’tkaziladi.

Nomzodga talablar

Barcha nomzodlarning tashkiqi ko’rinishlari quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Nomzodning balandligi 162 sm dan 175 sm gacha.
  2. Nomzodning gavdasi tik va simmetrik (ikkala qismi bir xil tuzilishda) bo’lishi kerak.
  3. Nomzodning nutqida kamchilik bo’lmasligi kerak.
  4. Nomzodning tashqi ko’rinishi va yuzida sezilarli nuqsonlar bo’lmasligi kerak.
  5. Nomzodning vazni uning balandligiga mos ko’rsatkichda bo’lishi zarur.
  6. Nomzodning tishlariga rangli metaldan hech qanday vosita qo’yilmagan bo’lishi zarur.
  7. Nomzodning tanasida pirsing va tatuirovka bo’lishi mumkin emas.
  8. Nomzodning sochlari sog’lom va tabiiy ko’rinishda, chiroyli kesilgan yoki turmaklangan bo’lishi kerak.
  9. Nomzodda soch to’kilishi alomatlari bo’lmasligi zarur.
  10. Nozod o’zbek, rus va ingliz tillarini bilishi kerak. Yana boshqa xorijiy tillarni bilish rag’batlantiriladi.

Kerakli hujjatlar:

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarning nusxalari kerak bo’ladi:

  1. Pasport.
  2. Diplom baholari.
  3. Harbiy guvohnoma (voyenniy bilet) – bu hujjatlar faqat harbiy xizmatga majburlar uchun;
  4. Mehnat daftarchasi.
  5. Til kurslariga qatnashganlik haqida hujjat.

Agar nomzodning familiyasi o’zgargan bo’lsa, buni asoslovchi hujjatni ham taqdim etish zarur.

Qabul jarayoni

Arizalar 2018-yil 2-iyuldan 20-iyulga qadar, soat 9:00 dan 12:00 gacha haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni majmuada qabul qilinadi. Ariza topshirish kuni nomzodning yonida uning passporti va 6×9 o’lchamdagi ko’k yoki oq fonda tiniq tushirilgan rangli surati bo’lishi zarur.

2018-yil 23-iyul kuni kompleksda bo’y va vazn o’lchovi nazorati uchun saralab olingan nomzodlarning ro’yxati e’lon qilinadi. Bo’y va vazn o’lchash ro’yxatda belgilangan qat’iy tartibda olib boriladi. Bo’y va vazn o’lchovidan o’tmagan nomzodlar saralashga qo’yilmaydi.

2018-yil 3-avgust soat 15:00da tanlov asosidagi saralash jarayoniga kiritilgan nomzodlar ro’yxati e’lon qilinadi.

Nomzodlarni qabul qilish jarayonida nomzodning umumiy bilim darajasi aniqlanadi. Nomzod O’zbekiston va boshqa davlatlar tarixi va geografiyasini, siyosiy holatini, tarixiy obidalarini va milliy qahramonlarini bilishi zarur. Undan tashqari, nomzodlar tibbiy ko’rikdan ham o’tadilar.

Malumot uchun: (+99871) 215-54-49

Rasmiy havola: https://www.uzairways.com/ru/about-us/vakansii

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!