×

Germaniya: Magistraturada o’qish uchun to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5218 marta

Kofi Annan Fellowship tashkiloti har yili MBA (Master of Business Administration) hamda MIM (Master in Management) dasturlari bo’yicha magistraturada o’qishni xohlovchi iqtidorli yoshlarga to’liq grant dasturini taklif etadi. MBA dasturi 1 yil, MIM dasturi esa 2 yillik o’qishni o’z ichiga oladi hamda talabalar Germaniya poytaxti Berlinda joylashgan ESMT Berlin universitetida tahsil olishadi. MBA dasturi har yilning yanvarida boshlanadi. MIM dasturi bo’yicha grantni qo’lga kiritganlar esa o’qishni sentabr oyida boshlashadi. Ushbu dasturlarga yil bo’yi hujjat topshirish mumkin.

Ajratilgan grantlar soni: Har yili 5tagacha grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Master of Business Administration yoki Master in Management bo’yicha magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt pulini to’lashdan to’liq ozod qilinadi (MBA uchun kontrakt summasi 43 ming 500 yevro, MIM uchun 25 ming yevro).
  • Berlinda hayot kechirish uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Shuningdek, transport, viza, sug’urta xarajatlari uchun ham qisman moddiy yordam beriladi.

Talablar:

MBA va MIM dasturlari uchun qo’yilgan talablar bir biridan farq qiladi.

MBA uchun qo’yilgan talablar:

  • Nomzod istalgan sohadagi bakaavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak. Bakalavr bosqichini tugatgandan keyin o’qishni 3 yil davomida keyingi bosqichlarda davom ettirganlik 3 yillik ish tajribasi o’rniga o’tadi.
  • Nomzod GMAT (640) yoki GRE bo’yicha yuqori ballga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak. IELTS kamida 7.

MIM uchun qo’yilgan talablar:

  • Nomzod istalgan sohadagi bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim. Bakalavriatning oxirgi kursida o’qiyotganlar ham ushbu dasturga topshira oladi.
  • Nomzod GMAT (640) yoki GRE bo’yicha yuqori ballga ega bo’lishi kerak.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan talablar: TOEFL scores (95 minimum), PTE score (64 minimum), IELTS score (7 minimum) or other proficiency test.
  • Nomzod 18 oydan ko’p bo’lgan ish tajribasiga ega bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

MBA va MIM dasturlari uchun hujjat topshirish jarayoni bir xil bo’lib, quyidagicha amalga oshiriladi:

1-bosqich: Onlayn ariza topshirish. Dastlab nomzod 30-sentabrgacha bo’lgan muddatda istalgan payt onlayn ariza topshirishi lozim. Onlayn arizada quyidagilar so’raladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Nomzodning ilmiy va ish tarixi (Academic and professional background).
  • CV.
  • Bir nechta qisqa insholar.
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Test ballari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va hk).
  • Nomzodning diplom baholari.

2-bosqich. Bu bosqichda ESMT qabul komissiyasi onlayn arizalarni ko’rib chiqadi. Agar nomzodning ko’rsatkichlari barcha talablarga mos bo’lsa, konissiya nomzodni keying bosqichga taklif qiladi.

3-bosqich: Suhbat. Bu bosqichda nomzodlar yuzma-yuz yoki Skype orqali suhbatga taklif etiladi. Suhbat ESMT professorlaridan biri bilan bo’lib o’tadi va 1 soatga yaqin davom etadi. Suhbatda nomzodning shaxsiy qobiliyatlari, maqsadlari baholanadi.

4-bosqich. Bu bosqichda grantni qo’lga kiritgan nomzodlarga email orqali xabar qilinadi va g’oliblar ESMT MBA kursidan ro’yxatdan o’tadi.

MIM dasturi bilan bog’liq batafsil ma’lumotni SHU YERDAN, MBA bilan bog’liq batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Kofi Annan Fellowship granti broshurasi bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!