Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan Free University of Brussels barcha yo’nalishlar uchun tadqiqot grantlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar tajribali tadqiqotchi olimlar uchun ajratiladi va dastur doirasida qatnashchilar tadqiqotlarini samarali olib borishlari uchun kerakli barcha sharoitlarni ta’minlab beriladi. Tadqiqot grantlari 5 yillik muddat ichida 63 ta olimni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashi nazarda tutilgan. Dasturda qatnashish uchun tadqiqot takliflari barcha sohalarda berilishi mumkin, lekin ular quyidagi 3 ta toifaga bo’linadi va har bir toifa bo’yicha 7 tadan grant ajratiladi:
- Ijtimoiy va gumanitar fanlar
- Fizika va muhandislik fanlari
- Tabiiy fanlar.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan olimlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
- Dastur qatnashchilariga oyiga 3503.21 yevro miqdorida stipendiya beriladi.
- Qatnashchining sayohat xarajatlari uchun 400 yevro
- Agar qatnashchi oilasi bilan kelsa, uning oilasi uchun qo’shimcha yana 150 yevro
- Tadqiqot davomida ketadigan transport xarajatlarini qoplash uchun 200 yevro ham to’lanadi.
- Undan tashqari, tadqiqotni olib borishda sarf bo’ladigan xarajatlarga yo’naltirish uchun yana 500 yevro.
- Boshqa xarajatlar uchun qo’shimcha 300 yevro.
Talablar:
Grantga ariza bermoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:
- Nomzod tajribali tadqiqotchi bo’lishikerak. U yo PhD darajasini olgan va 7 yilgacha bo’lgan ish tajribasiga darajasiga ega bo’lishi, yoki PhD darajasiga ega bo’lmasa ham 4-11 yillik professional tadqiqot tajribasi bo’lishi zarur. Ish yoki tadqiqot tajribasi hujjatlar orqali isbotlanishi kerak bo’ladi.
- Hujjat topshirayotgan payt nomzod oxirgi uch yil davomida Belgiyada 12 oydan uzoq muddat davomda yashamagan bo’lishi kerak.
- Nomzodlar hujjat topshirayotgan payt oxirgi 6 oy ichida Belgiyadan hech qanday boshqa turdagi grant olmagan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar www.if-atulb.ulb.be vebsaytidagi onlayn platforma orqali, onlayn tarzda qabul qilinadi. Boshqa yo’llar bilan yetkazilgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.
Arizaga quyidagi hujjatlarni PDF formatda ilova qilish kerak:
- PhD bosqichini olganlikni isbotlovchi hujjatlar.
- Agar nomzod PhD unvonini olmagan bo’lsa, 4-11 yillik professional tadqiqot tajribasini isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
- 5 sahifadan oshmagan CV. CV’da nomzod haqida to’liq ma’lumot va nashrlar ro’yxati bo’lishi kerak. Buning uchun kerakli hujjat formasi onlayn registratsiya qilinadigan saytda berilgan.
- Tadqiqot taklifi (research proposal). Tadqiqot taklifi 10 sahifadan oshmasligi zarur va unda tadqiqot haqidagi barcha muhim ma’lumotlar bo’lishi kerak. Bu hujjat ham maxsus formada topshirilishi zarur. Formani ro’yxatdan o’tiladigan saytdan olish mumkin.
- Free University of Brussels’ning vakilidan tasdiqlovchi xat. Bu xatni dasturda ishtirok etadigan olimlarga nazoratchilik qiladigan shaxs berishi zarur. Xatda nazoratchi agar nomzod dasturda ishtirok etsa, u kerakli tayyorgarlikdan o’tishi va nazorat ostida bo’lishini tasdiqlashi kerak. Nazoratchilar bilan bog’lanish uchun bu yerga
- Passpor nusxasi.
Hujjat topshirishda oldin platforma orqali ro’yxatdan o’tiladi, keyin shaxsiy profil ochish mumkin bo’ladi natijalar 2019-yil martda e’lon qilinadi. Agar nomzod dasturga qabul qilinsa, unda qatnashishini natija e’lon qilinganidan keyin 7 kun ichida tasdiqlashi kerak.
Ma’lumot uchun murojaat: ulb-cofund@ulb.ac.be