×

Kipr: eTurizm konferensiyasida qatnashish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

03.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kipr

O'QILGAN

3327 marta

Kiprning Nikosiya shahrida 2019-yil 31-yanvar – 1- fevral kunlari Axborot Kommunikatsion Texnologiyalarning Turizmni rivojlantirishdagi o’rniga bag’ishlangan konferensiyada qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Konferensiyaning nomi “ENTER 2019 eTourism Conference” bolib, unga Axborot kommunikatsion texnologiyalarning mahalliy turizmni rivojlantirishdagi o’rni mavzusida magistrlik yoki doktorlik ilmiy ishi (master/PhD thesis) tayyorlayotgan magistr yoki doktorantlar ariza berishlari mumkin. Konferensiyaga qabul qilingan qatnashchilar ilmiy ishlarini konferensiya davomida namoyish qilish imkoniyatiga ham ega bo’lishadi. Bu konferensiyada ishtirok etish uchun grant dasturi ham mavjud bo’lib, hozirda grantga arizalar qabuli ham ochiq.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiya uchun grant yutib olgan qatnashchiga ushbu imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Qatnashchiga ilmiy maslahatchi biriktiriladi.
  2. Qatnashchiga Kiprga yetib kelish va qaytib ketish uchun aviachipta olib beriladi (ekonom klass).
  3. Qatnashchi turar joy bilan ta’minlanadi. Unga mehmonxonada 4 kecha yashash uchun barcha xarajatlar qoplab beriladi. Oziq-ovqat ta’minoti ham tashkil qilib beriladi.
  4. Grant olgan talaba konferensiyada bepul qatashish huquqiga ega bo’ladi.

Lekin viza, sug’urta va turli hujjatlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarni qatnashhining o’zi to’lashi kerak.

Talablar:

Konferensiyada qatnashmoqchi va grant yutmoqchi bo’lgan barcha nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari lozim:

  1. Nomzod ko’rsatilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  2. Nomzod PhD yoki magistratura talabasi bo’lishi va buni isbotlovchi hujjatlarni taqdim eta olishi zarur.
  3. Nomzodning o’qish joyi bilan tuzgan shartnomasi ENTER 2019 konferensiyasidan keyin tamom bo’lguncha kamida 6 oy o’tishi zarur, bu hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirmoqchi bo’lsangiz, quyidagi hujjatlarni bitta PDF formatli hujjatga joylab quyidagi elektron manzilga jo’nating: info@easyconferences.eu.

Birinchi ikkita bandda ko’rsatilgan ma’lumot ko’pi bilan 7 ta sahifani tashkil etishi zarur.

  1. Motivatsion xat. Unda nima uchu ENTER 2019 va PhD workshopda ishtirok etish muhimligi yozilishi kerak.
  2. Tadqiqot haqida ma’lumot: bunda quyidagilar yoritilishi zarur – muammo haqida ma’lumot, adabiyotlarni ko’rib chiqish qismi, nazariy qism, tadqiqot o’tkazish metodologiyasi, kutilayotgan natijalar va foydalanilgan adabiyotlar.
  3. Tadqiqot loyihasining mahalliy turizmni rivojlantirishga bog’liqligi. (7-sahifa)
  4. Submission Checklist” (8-sahifa)
  5. CV va nomzodning universitet talabasi ekanligi yoki OTM bilan shartnomaga ega ekanligini ko’rsatuvchi xujjat. (9-sahifa – hajmi uzunroq bo’lishi ham mumkin)Yakuniy natijalar 2018-yil 30-oktabrda e’lon qilinadi. Dasturga qabul qilingan qatnashchilar og’zaki yoki video nutq hamda loyihalari bo’yicha posterlar tayyorlashlari kerak bo’ladi. Tayyolangan posterlardan PhD Workshopda tarqatma material sifatida foydalaniladi. Ariza topshirilgandan keyin tashkilotchilar nomzod bilan aloqaga chiqib, unga loyihani yaxshilash bo’yicha maslahatlar berishadi va zarur bo’lsa loyihani o’zgartirib qaytadan topshirishga imkon beriladi. 

Ma’lumot uchun: lidija.lalicic@modul.ac.at elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!