Kanadada joylashgan Alberta Universiteti (University of Alberta) shu universitetda 2019-yil yanvardan o’qish boshlayotgan talabalar uchun ajratgan grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Medicine&Dentistry fakultetining ilmiy ish (thesis)ga asoslangan magistratura (MSc) va doktorantura (PhD) yo’nalishlari uchun beriladi. Ushbu grant dasturidan maqsad Alberta universitetida o’qishni xohlayotgan umidli tadqiqotchilarga moddiy yengillik yaratish.
Dastur doirasida 10-15 ta grant ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Alberta Universiteti grantini yutib olgan talabaga 6500 Kanada dollari miqdoridagi stipendiya 2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha har oy bo’lib-bo’lib beriladi.
Talablar:
Alberta Universiteti grant dasturiga ariza berayotgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:
- Nomzod Alberta Universiteti Medicine&Dentistry fakultetidagi quyidagi kurslardan biriga o’qishga kirgan bo’lishi va o’qishni 2019-yil 1-yanvardan to’liq stavkada boshlashi kerak:
– Anesthesiology and Pain Medicine
– Dentistry
– Laboratory Medicine & Pathology (faqat Medical Sciences – LMP talabalari uchun)
– Medical Genetics
– Obstetrics & Gynecology
– Ophthalmology & Visual Sciences
– Pediatrics
– Radiology & Diagnostic Imaging - Nomzod Medicine&Dentistry fakultetidan boshqa ko’rinishdagi grant yoki boshqa biror manbadan qiymati 13000 AQSh dollari yoki undan ortiq bo’lgan moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.
- Talaba bu grant dasturida bir martadan ko’p qatnashishi va bir martadan ko’p yutib olishi mumkin.
- Agar talaba to’liq stavkada o’qimay qo’ysa yoki o’qishni tamomlasa, grant ham tugatiladi.
Eslatma: PhD kurslariga kirgan talabalar o’qish boshlangandan keyin 24 oy ichida doktorlik dissertatsiyasini topshirishi va u tasdiqlangandan keyin 6 oy ichida himoya qilishi shart. 2018-yil 1-maydan oldin o’qishga qabul qilingan talabalar bundan mustasno.
Dasturga qabul jarayoni:
Agar grantga hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, arizangizni Office of Research, Faculty of Medicine & Dentistry, University of Alberta, 2-13 HMRC manziliga 2018-yil 28-sentabrdan kechiktirmagan holda yetkazishingiz kerak. Eslatma: pochta hujjatlarni yetkazib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt ketishi mumkinigini hisobga oling.
Ariza va unga qo’shib jo’natiladigan hujjatlar ro’yxati:
- Ariza – Arizaning asl nusxasi asl imzo bilan berilishi zarur.
- Talabaning shu kungacha olgan barcha baholari – baholarning norasmiy nusxalari taqdim etilsa ham bo’ladi, faqat ularni 8 1/2 x 11 formatiga keltirish kerak.
- Alberta universitetidan boshqa joyda olingan baholarga “Weighted Average Calculator Form” (O’rtacha baholarni hisoblash formasi) ilova qilinishi zarur.
- Alberta Universiteti tomonidan berilgan baholar (zachetka) ham topshirilishi kerak, xatto unga hali baho qo’yilmagan bo’lsa ham.
- Ikkita tavsiyanoma (reference letters). Tavsiyanomalar alohida konvertga solinib, konvert yelimlangan bo’lishi shart. Tavsiya beruvchilar xatlarini fmdgrd@ualberta.ca. Elektron manziliga to’g’ridan-to’g’ri jo’natishlari ham mumkin.
Eslatma: CV, talaba reytingini ko’rsatuvchi xujjat va yuqorida ko’rsatilmagan (lekin qabul jarayoni haqidagi ba’zi hujjatlarda yozilgan) qo’shimcha hujjatlarni topshirish shart emas.
Ma’lumot uchun Medicine&Dentistry fakulteti tadqiqotlar bo’limidan, Jen Freund yoki Hannah Hamilton bilan bog’lanishingiz mumkin: Tel: 780-492-9721; Email: fmdgrd@ualberta.ca.