×

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’limda qo’llash loyihalari bo’yicha grant: 25 ming AQSh dollari


Grant

MUHLAT

31.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3980 marta

UNESCO tashkiloti King Hamad Bin Isa Al-Khalifa Prize mukofoti uchun arizalar qabul qilmoqda. Bu mukofot Bahrayn Qirolligi tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, ta’lim olishda jismoniy cheklovlar va muammolarga duch keladigan, e’tibor va imkoniyatlardan chetda qolib ketgan guruhlarning ta’lim olishini ta’minlaydigan, bu jarayonda esa innovativ Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (ICT)dan foydalanish nazarda tutilgan loyihalar taqdirlanadi. Tanlovda madaniy va siyosiy to’siqlar sababli ta’limdan bebahra qolayotgan guruhlarni qo’llab quvvatlash uchun akses narxini pasaytirish, onlayn tarzda innovatsion o’qitish, tasavvuriy texnologiya, katta hajmdagi ma’lumotlar kabi mavzularga yo’naltirilgan loyihalarga alohida e’tibor beriladi. Bu yilgi tanlovning rasmiy mavzusi: The use of innovative ICT to ensure education for the most vulnerable groups”. Tanlovda 2 ta loyiha taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Jismoniy shaxslar, muassasalar va nodavlat tashkilotlar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov so’nggida UNESCO’ning Parijdagi bosh ofisida ikki nafar g’olibning har biriga 25000 AQSh dollaridan pul mukofoti beriladi. Taqdirlash marosimi 2019-yil martda bo’lib o’tadi.

Talablar:

Tanlovda ta’lim olishi cheklangan guruhlarga o’qishni ta’minlab berish uchun ICT’ning o’rnini mustahkamlashda turli loyihalar orqali innovatsiya qilgan yakka shaxslar, muassasalar va nodavlat tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Barcha loyihalar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Loyihaning davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etishi kerak.
  2. Kontent va uskunalarning innovativligi va ochiqligi ta’minlanishi zarur.
  3. O’rta va uzoq vaqt davomida loyihaning barqarorligini isbotlay oladigan asos mavjud bo’lishi kerak.
  4. Taqdim etilayotgan loyiha shu kabi tanlovlarda ilgari qatnashmagan bo’lshi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: ariza berish bosqichi va nominatsiyaga qo’yish bosqichi. Birinchi bosqich UNESCO bilan rasmiy hamkorlikda ishlaydigan Nodavlat tashkilotlar yoki UNESCO Milliy Vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda nomzod tanlovda qatnashish uchun shu tashkilotlardan biriga ariza berishi kerak bo’ladi. Ikkinchi bosqichda ariza kelib tushgan tashkilotlar o’zlari munosib deb topgan 3 tagacha loyiha nominatsiyasini UNESCO’ga jo’natishlari kerak bo’ladi. Mukofot uchun yakka tartibda nomzod qo’yishning iloji yo’q, nomzod faqat ariza orqali loyihani topshirishi va loyihani ko’rib chiqayotgan tashkilot uni nomzodlikka qo’yishini kutishi mumkin.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Bu yer orqali onlayn ro’yxatdan o’tib, o’zingizga yangi akkaunt oching. Agar o’tgan yil ochilgan akkauntingiz bo’lsa, yana yangi ochish shart emas.
  2. Bu yerga kirib, onlayn ariza to’ldiring. Arizani ingliz yoki fransuz tilida to’ldirish mumkin. Ariza to’ldirishda kerakli materiallarni ham ilova qiling.
  3. Arizangizni Milliy Vakolatxona orqali topshirayotgan bo’lsangiz, Vakolatxonaga arizani ancha erta berish zarurligini hisobga oling, chunki arizalar ko’rilib, saralab, 31-oktabrgacha nomzodlikka qo’yilishi uchun vaqt ketadi. Bunda nomzodlikka qo’yish bilan Vakolatxonaning o’zi shug’ullanadi.
  4. Agar arizani UNESCO’ga hamkor tashkilot orqali berayotan bo’lsangiz, tashkilotdan yozma tavsiyanoma olib, uni o’zingiz taqdim etishingiz kerak. Birinchi qadamda ro’yxatdan o’tayotganingizda nodavlat tashkilot yoki vakolatxona orqali ariza topshirilayotgani so’raladi va javobni belgilashingiz kerak bo’ladi. Har bir Vakolatxona yoki UNESCO bilan hamkor nodavlat tashkilot uchtagacha nominatsiya berishi mumkin. Vakolatxonalar va tashkilotlaring nomzod tavsiya etishlari tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Nomzodlarni tavsiya qilish bo’yicha savollar yoki muammolar paydo bo’lsa, vakolatxnalar va nodavlat tashkilotlar quyidagi manzil bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanishlari mumkin:

Secretariat of the UNESCO King Hamad Bin Isa Al-Khalifa Prize for the Use of ICT in education
Unit for ICT in Education
Division for Policies and Lifelong Learning Systems
Education Sector
UNESCO
7 place Fontenoy
75352 PARIS 07 SP
France

Murojaat uchun elektron manzil: ictprize@unesco.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!