Garvard universiteti tomonidan jurnalistikani rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan Knight Visiting Nieman Fellowships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur jurnalistika rivojiga xissa qo’shadigan maxsus dasturlar ustida ishlayotgan shaxslar uchun mo’ljallangan bo’lib, dastur davomida qatnashchilar loyihalarini yanaga mukammallashtirish uchun Garvard Universitetining boy ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati ega bo’ladilar. Hamkorlik dasturi qatnashchisiga aylangan shaxs Garvard universitetida tadqiqot olib borishi va natijalarini turli nashrlarda havola etib borishi kerak bo’ladi. Dastur qatnashchilari ko’pi bilan 12 hafta tadqiqot olib borishlar mumkin, qancha vaqt tadqiqot olib borishni ularning o’zlari belgilashadi. Odatda tadqiqot dasturi 4-8 hafta davom etadi.
Grant kimlar uchun?
Jurnalistikani rivojlantirish maqsadidagi barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur qatnashchilari Garvard Universitetida 12 haftagacha vaqt davomida tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tadqiqot jarayonida ular universitetning boy ma’lumotlari zahirasi, olimlari va boshqa mutaxassislari bilan hamkorlik qilishlari mumkin bo’ladi. Agar qatnashchi dastur vaqtida ish joyidan oylik olmaydigan bo’lsa, unga haftasiga 1350 AQSh dollari miqdoridagi moddiy ta’minot ajratiladi. Agar qatnashchining tadqiqot vaqtida Bostonda yashashi uchun aniq manzili bo’lmasa, unga bir xonali turar joy ham tashkil etib beriladi. Safar va viza xarajatlarini qatnashchining o’zi qoplashi kerak, lekin u buning uchun stipendiya sifatida berilgan mablag’dan foydalanishi mumkin.
Talablar:
Dasturda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:
- Nomzodning tadqiqoti jurnalistikani rivojlantirishga xissa qo’shishi mumkin bo’lgan konkret loyiha bo’lishi kerak. U dastur davomida nima qilishini ham to’liq rejalashtirib olgan bo’lishi, tadqiqot natijalari esa dastur maqsadini qanoatlantira olishi zarur. Nomzod taklif etayotgan tadqiqot taklifida jurnalistikani rivojlantirishga turli ko’rinishlarda yondashilishi mumkin: sohani moliyalashtirish, targ’ib etish, muammolar yechimi yoki boshqa mavzularda tadqiqot olib borish mumkin.
- Qatnashchilar tadqiqot vaqtida Massachusetsdagi Kembrij shahrida yashashlari zarur bo’ladi. Shuning uchun nomzod shu vaqtda AQShga ko’chib o’tish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Dasturda jurnalistlar, tadbirkorlar, tahlilchilar, moliyachilar va shu kabi turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.
- Nomzodlarga yosh va ilmiy yutuqlarga oid cheklovlar yo’q. Nomzodning oliy ma’lumoti bo’lishi ham shart emas!
Dasturga qabul jarayoni:
Agar dasturda qatnashmoqchi bo’lsangiz, onlayn ariza to’ldirishingiz kerak bo’ladi. Arizani to’ldirish chog’ida CV yoki tarjimai hol, sizni yaxshi biladigan uch nafar tavsiyachi haqida ma’lumot va tadqiqot taklifi aks etgan kichkina insho (hajmi 600 so’zdan oshmasligi zarur) taqdim etiladi. Inshoda quyidagi savollarga javob yozish kerak: Which particular Harvard or local resources will be especially important and useful? How, specifically, will you use your fellowship time to advance the project? What will be the end product or result of your fellowship? How will your work benefit journalism?
Ilk saralash natijalari 2018-yil 19-noyabrgacha e’lon qilinadi va saralashdan o’tganlar suhbatga taklif qilinishadi. Dastur qatnashchilari 2018-yil 14-dekabrgacha tanlab olinadi va rasmiy natijalar 2019-yil yanvarda nashr qilinadi. Hujjat topshirish niyatida bo’lsangiz, dasturga qabul qilingan oldingi loyihalarni ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun nicole_arias@harvard.edu elektron manzili va (617) 495-2238 raqamiga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.