“Socially Engaged Art” (SEA) atamasi ma’lum jamiyatda amal qiluvchi tizim va qoidalarga mazkur jamiyat a’zolari bilan muloqot va ushbu jarayondagi faol ishtirok orqali ijobiy o’zgartirishlar kiritishdir. Socially Engaged Art Support Grant dasturi Yaponiyada tashkillashtirilayotgan dasturlardan biri bo’lib, uning maqsdi SEA’ni targ’ib qilish. SEA hali to’liq ommalashib, rivojlangani yo’q, shuning uchun grant tashkilotchilari SEA loyihalarini emas, oldin SEA’ni mashg’ulot sifatida targ’ib qilishga yo’naltirilgan loyiha va mashg’ulotlarni rag’batlantirishga qaror qilishgan. Tanlovda barcha SEA targ’iboti vaunga aloqador loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin, saralash so’nggida g’olib deb topilgan loyiha esa 2019-2020 yillarda Yaponiyada amaliyotga tadbiq etiladi.
Grant kimlar uchun?
Zamonaviy san’at yo’nalishida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Mazkur grant faqat bitta- g’olib bo’lgan ishtirokchiga o’z loyihasini Yaponiyada tajribada sinab ko’rish imkoniyatini beradi
- Loyiha budjeti 5 000.000 JPY (taxminan 44 ming 800 AQSh dollari)
- Grant 2019- yil 1-apreldan 2020 31-mart gacha amal qiladi
Talablar:
Loyihada yakka va jamoa nomidan ishtirok etish mumkin. Dastur yoshidan qat’iy nazar barcha davlat fuqarolari uchun ochiq. Zamonaviy san’at yo’nalishida faoliyat yuritadigan san’atkorlar yoki tashkilotlar ushbu grant dasturida ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar taklif qilayotgan loyihalar Yaponiyada amalga oshirilishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Loyihada ishtirok etish istagida bo’lganlar quyidagi hujjatlarni belgilangan muddatdan oldin onlayn ariza orqali taqdim etishlari zarur:
Ariza uchun:
- Grant uchun ariza
- Ishtirokchi haqida ma’lumot (individual yoki tashkilot nomidan)
Ilovalar:
- xarajatlar ro’yxati
- Loyiha mazmuni
- Ilovalar (saralash jarayonida hakamlar xay’atiga loyihaning mazmunini ochib beruvchi hujjatlar: videolavhalar, ovozli materiallar, tarqatma materiallar, katalog, buklet va boshqalar.)
Hujjatlarga qo’yiladigan talablar
- Videolavhalarning uzunligi 5 daqiqadan oshmasligi zarur;
- Barcha yozma shakldagi hujjatlar pdf formatida bo’lishi kerak;
- Videolar mp4, ovozli hujjatlar mp3, hujjatlar pdf va arizalar doc formatida bo’lishi talab etildi.
Grant dasturiga har bir ishtirokchi/tashkilot bir yilda faqat bitta ariza topshirish imkoniyatiga ega. Ariza topshirish jarayoni to’g’risida bu yerda batafsil bilib olishingiz mumkin.
Muhim ilovalar:
Ariza formasi (namuna bu yerda)
Jismoniy shaxs uchun ma’lumot formasi (tayyor qilingan namuna bu yerda)
Tashkilotlar uchun ma’lumot formasi (tayyor qilingan namuna bu yerda)