×

Oksford universiteti: bakalavriatda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

34814 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Oksford Universitetida bakalavr bosqichi uchun ajratilgan Reach Oxford Scholarship grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda. Grantlar yalpi ichki daromadi kam bo’lgan davlatlar (low income countries) fuqarolari uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad siyosiy va moliyaviy to’siqlar yoki oliy ta’lim muassasalari yo’qligi sababli o’z yurtlarida o’qish imkoniyati yo’q talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlagan holda ularga universitetda o’qish imkoniyatini yaratib berish.

Oxford Reach Scholarship dasturi doirasida har yili 2-3 nafar talabaga grant ajratiladi.

Oksford universitetida deyarli barcha sohalar bo’yicha bakalavr kurslari mavjud, ular bilan bilan batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Reach Oxford Scholarship dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga to’liq grant beriladi va u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Talabaning o’quv kontrakti to’lab beriladi.
  2. Talabaga yashash xarajatlariga yo’naltirish uchun stipendiya ajratiladi.
  3. Unda tashqari, talabaga har yili bittadan aviachipta olib beriladi.

Grant butun kurs davomida to’lab beriladi, kurslar odatda 3-4 yil davom etadi. Dastur bo’yicha moddiy ta’minot olishni davom etish uchun talaba a’lo baholarga o’qishi va o’zini namunali tutishi kerak bo’ladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talabarga eng mos talabalarga beriladi:

  1. Nomzod ko’rsatilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak. Ro’yxatda O’zbekiston ham bor.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi va o’zida kuchli potensial aks ettirishi zarur.
  3. Ilgari bakalavr bosqichida o’qimagan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.
  4. Nomzod Oksfor universitetidagi grant dasturida ishtirok etayotgan fakultetlardan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Tibbiyot yo’nalishiga Oxford Reach granti berilmaydi.
  5. Oksford universitetiga o’qishga qabul qilinish uchun nomzod IELTS’dan kamida 7-7.5, TOEFL’dan kamida 100-110 ball to’plagan bo’lishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun oldin Oksford universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirib, o’qishga qabul qilinishingiz zarur. Buning uchun UCAS tizimi orqali universitetga ariza berish kerak, kurslarga hujjatlar 2018-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Oxford Reach grantiga hujjat topshirish yo’riqnomasi 2019-yil yanvar oyida e’lon qilinadi. Qabul yanvarda ochilib, 2019-yil 13-fevralda yopiladi. U vaqtga qadar, so’nggi muhlatdan kech qolmagan holda kursga hujjat topshirishga asosiy e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Oksford Universitetiga o’qishga hujjat topshirish bo’yicha yo’riqnomalarni bu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun rasmiy saytdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqishingiz yoki bu yer orqali universitetga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!