×

Erasmus Mundus IMSISS qoʻshma dasturi: Xavfsizlik, razvedka va strategik tadqiqotlar boʻyicha xalqaro magistrlik dasturida oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

13.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

10689 marta

Erasmus Mundus tomonidan moliyalashtiriladigan International Master in Security, Intelligence and Strategic Studies (IMSISS) xalqaro magistratura kursi Buyuk Britaniyadagi University of Glasgow, Irlandiyadagi  Dublin City University, Chexiyadagi Charles University va Italliyadagi University of Trento oliygohlari hamkorligida tashkil etilgan 24 oylik qo’shma dasturdir.

Ushbu magistratura dasturida talabalar dunyodagi turli xavfsizlikka odi masalalar, jumladan, terrorizm, fuqarolik urushlari va ziddiyatlari, ommaviy migratsiya, energiya manbalari xavfsizligi, kiberxavfsizlik, yangi texnologiyalar, transmilliy jinoyatlar va uyushgan jinoyatchilik kabi masalalarni oʻrganadi. Shuningdelk, ushbu xavflarga qarshi kurashish uchun hukumat va nohukumat tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan xavfsizlik xizmatlari hamda strategik yondashuvlarni ham tadqiq qiladi.

Hozirda 2023-yil sentabrda boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu Erasmus Mundus qo’shma dasturi grantini yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. 2 yillik kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  2. Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro beriladi.
  3. Oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
  4. Dastur boshlanishida joylashib olish xarajatlari uchun bir marta 1000 yevro beriladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ijtimoiy fanlar, falsafa, geografiya, adabiyot, lingvistika, huquqshunoslik, iqtisodiyot va boshqaruv, siyosiy fanlar, xalqaro aloqalar, rivojlanish, hamkorlik, tinchlik haqidagi fanlar, sotsiologiya, tarix kabi aloqador sohada bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Yuqorida sanalmagan sohada bakalavrlik darajasiga ega boʻlganlarning dasturga qabul qilinish masalasi alohida koʻrib chiqiladi. Hozirda 4-kursda oʻqiyotganlar ham ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod Britaniya tizimidagi 2.1 Honours bakalavrlik darajasiga (diplomiga) yoki shunga teng darajadagi diplomga (bakalavrlik darajasiga) ega boʻlishi kerak. Bu Britaniya tizimida oʻqiganlarning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 100% lik tizimda kamida 60% ga teng degani. Oʻzbekiston universitetlarida oʻqigan talabalar uchun oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi kamida 70% boʻlishi tavsiya etiladi.
  3. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Kamida IELTS 6.5 (hech bir boʻlimi 6.0 dan past boʻlmasligi kerak) yoki shu darajada teng xalqaro til sertifikati topshirish talab etiladi.

Faqat ingliz tilida oʻqimoqchi boʻlganlar grant arizasida Pathway A treki boʻyicha oʻqimoqchi ekanini koʻrsatishi kerak. Ingliz va italyan tilida oʻqimoqchi boʻlganlar har ikkala tilni bilishi va grant arizasida Pathway B treki boʻyicha oʻqimoqchi ekanini koʻrsatishi kerak.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin (Entry Requirements).

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu magistrlik dasturida Erasmus Mundus granti asosida oʻqish uchun magistrlik dasturiga kerakli hujjatlar va grant arizasi 2023-yil 13-yanvarga qadar topshirilishi lozim (bu sanadan kechikib topshirilgan arizalar grant uchun koʻrib chiqilmaydi). Magistrlik dasturiga arizalar BU YERDA onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn ariza topshirishda grant arizasi ham tizimga yuklanadi.

Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  1. Diplom va baholar. Hozirda 4-kursda oʻqiyotganlar faqat hozirga qadar olgan baholarini topshiradi. Diplom va baholar ingliz tilida boʻlmasa, ingliz tiliga rasmiy tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak.
  2. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar rasmiy blankada yozilgan boʻlishi va ular berilganiga 12 oydanoshmagan boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili testi sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (hech bir boʻlim 6.0 dan past boʻlmasligi kerak) yoki shunga teng darajadagi xalqaro til sertifikati.
  4. Passport nusxasi.
  5. Europass formatdagi CV.
  6. Toʻldirilgan grant arizasi.
  7. Pathway B treki boʻyicha ariza topshirayotgandal italyan tilini B2 darajada bilishini tasdiqlovchi til sertifikati ham topshiradi. Pathway A treki boʻyicha ariza topshirayotganlar faqat ingliz tilida oʻqiydi va italyan tili sertfikatini topshirmaydi. Qaysi trekda oʻqishni nomzodning oʻzi tanlaydi va buni grant arizasida koʻrsatadi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Akademik yutuqlar – 20%.
  • Personal statement (grant arizasi ichida yoziladi) – 45%.
  • Tavsiyanomalar – 10%.
  • Boshqa jihatlar (tegishli sohadagi qiziqishlar, tadqiqotlar, tajriba va hkz.) – 25%.

Qabul talablari, kerakli hujjatlar va shu kabilar haqidagi toʻliq maʼlumotni BU YERDA oʻqib chiqing.

Koʻp beriladigan savollarga javoblarni BU YERDAN topasiz.

Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: imsiss@glasgow.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!