×

Mukofot jamg’armasi 1400 AQSh dollari bo’lgan ijtimoiy posterlar tanlovi


Grant

MUHLAT

30.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2463 marta

Now!” (Hozir) deb nomlangan ijtimoiy harakatlarga bag’ishlangan posterlar tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda. Tanlov onlayn tarz o’tkaziladi va unda ijod va san’atga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Ushbu posterlar tanlovidan maqsad ijtimoiy harakatlar va fidokorlikni targ’ib qiluvchi posterlar yaratish va bu orqali ommaga volontyorlik, hayriya va ijtimoiy mas’uliyatni targ’ib qilish. Tanlovga quyidagi kategoriyalar bo’yicha poster tayyorlash mumkin:

  1. “Biz volontyormiz!”
  2. “Hayriya”
  3. “Fuqaro bo’lish”
  4. “O’zgalarga yordam berish”
  5. “Shahrim uchun loyihalar”.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. 1-o’ringa – 1500 Belarus rubli mukofot (30 AQSh dollari).
  2. 2-o’ringa – 1000 Belarus rubli mukofot (20 AQSh dollari).
  3. 3-o’ringa – 500 Belarus rubli mukofot (10 AQSh dollari).

Talablar:

Tanlov ishtirokchilari va posterlarga talablar quyidagicha:

  1. Tanlovda yoshi, fuqaroligi va millatidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
  2. Tanlovga taqdim etilgan posterlar siyosiy yoki tijoriy targ’ibot ruhiga ega bo’lishi yoki boshqalarni yerga urishga o’xshash g’oyalarni aks ettirishi mumkin emas.
  3. Posterlarda biror muammo va unga yechim targ’ib qilinmasligi kerak. Tanlovga asosiy e’tibori salbiy mavzuga qaratilgan ishlar qabul qilinmaydi, aksincha, berilgan ishlarda hayriya, ko’ngilli mehnat va ijtimoiy fidokorlik bilan shug’ullanayotgan odamlar yoki shunday ijobiy holatlar tasvirlanishi kerak.
  4. Tanlovga berilgan posterlar ommani ruhlantiruvchi ruhga ega bo’lishi zarur, g’olib chiqqan posterlar turli reklama plakatlari, bannerlar va shu kabi ko’rinishlarda ommaga havola etiladi va targ’ibot ishlariga jalb qilinadi.
  5. Tanlovga tayyorlanadigan posterlarda ijtimoiy fidokorlik ko’rsatilgan biror voqea yoki tasavvuriy jarayon aks ettirilishi ham mumkin.
  6. Posterlar 1:1 shkalada, kamida 300 dpi o’lchamda JPEG yoki TIFF formatda bo’lishi va hajmi 700 x 1000 mm bo’lishi kerak.

Posterlar quyidagi me’zonlarga asosan baholanadi:

  1. Posterning mo’ljallangan kategoriyaga mosligi.
  2. Posterning mazmuni.
  3. Targ’ibot mahorati.
  4. Taqdim etish usuli va tilining tiniqligi.
  5. G’oyaning originalligi va kreativligi.
  6. Posterdagi g’oyadan jamiyatga bo’lgan manfaat hamda targ’ibot darajasi.

Dasturga qabul jarayoni:

Talov uchun posterlarni 2018-yil 30-dekabrgacha ariza formasiga joylangan holda сontest.act.now@gmail.com elektron manziliga jo’natilishi zarur.

Ma’lumot uchun contest.act.now@gmail.com elektron manziliga yoki +37529 614 72 57 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!