×

Seul Milliy Universiteti: fakultetlar, oʻqish xarajatlari va stipendiyalar


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

102331 marta

CHOP ETILGAN

27.10.2018

Qisqacha:

Til: koreys, ingliz tili;
Qachon asos solingan: 1895 yil; 1946 yilda universitet maqomi berilgan;
Rasmiy sayt: http://www.snu.ac.kr/;
Talabalar soni: 28000 dan ortiq, shundan 5600 ga yaqini chet ellik;
Taʼlim olish muddati: bakalavriat: 4 yil; magistratura: 2 yil; aspirantura/doktorantura:3 yil;
Kontrakt: yoʻnalishga qarab turlicha: chet ellik talabalar uchun yillik kontrakt bakalavr uchun taxminan 4 ming AQSH dollardan; magistratura uchun taxminan 5 ming 400 AQSh dollardan (narxlar muddatga qarab oʻzgarishi mumkin) boshlanadi;
Universitet reytingi: QS World University Rankings roʻyxatida 36-oʻrinda, Milliy reytingda 1-oʻrinda;
Qayerda joylashgan: Koreya, Seul;
Manzil: 1 Gwanak-ro, Gwanak-gu, Seoul, 08 826 South Korea;

Tarkibiy tuzilma

Seul Milliy universiteti – Soul Texakkyo (SNU)/SMU – Janubiy Koreyaning eng yaxshi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Butunjahon innovatsion universitetlari TOP-30 ga kiradi. Universitet universal oliygoh boʻlib, ilmiy, gumanitar va texnik sohalar boʻyicha taʼlim berishga ixtisoslashgan. 1895 yilda asos solingan, ammo 1946 yildan boshlab oʻzida 10 dan ortiq oliy taʼlim dargohlarini birlashtirgan. Universitetda jami 5728 ta professor oʻqituvchilar 28000 dan ortiq talabalarga saboq beradilar. Talabalar uchun barcha qulayliklar, shuningdek, chet tillarini oʻrganish kurslari ham tashkil etilgan. Shuningdek, oliygoh Stenford Universiteti, Yele universiteti kabi dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida joylashgan 800 dan ziyod taʼlim muassasalari bilan Exchange dasturlari, tajriba  almashish, stajirovka oʻtash va yozgi maktablarda ishtirok etishni yoʻlga qoʻygan: BATAFSIL.

Universitetda:

Stipendiya bormi?

Koreya hukumati hamda SMU tomonidan chet ellik talabalar uchun keng doirada stipendiyalar dasturlarini taqdim etiladi. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi hamda koreys tilini bilish darajasi yuqori boʻlgan talabalar hech bir qiyinchiliksiz quyidagi stipendiyalarga hujjat topshirishlari va oʻqish hamda yashash harajatlarini qoplashlari mumkin:

  • Silk-Road Scholarship – Oʻqish, aviabilet, yashash hamda koreys tilini oʻrganish kurslari xarajatlarini toʻliq qoplaydi. Gumanitar, ijtimoiy fanlar, koreys tili va adabiyoti, tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodi talabalari uchun. Murojaat uchun: Yoori Kim, intlscholarship@snu.ac.kr, Telefon: 8228802519;
  • Graduate Scholarship for Excellent Foreign Students – Oʻqish, yashash harajatlarini (4 semestr/yashash uchun 500 dollar) qoplaydi. Ayrim gumanitar yoʻnalishlarda oʻqiyotgan Osiyo davlatlari fuqarolari (Koreya va Yaponiyadan tashqari) boʻlgan bitiruvchilar uchun. Murojaat uchun: Yoori Kim, intlscholarship@snu.ac.kr, Telefon: 8228802519;
  • Glo-Harmony Scholarship – Oʻqish, yashash xarajatlarini toʻliq qoplaydi. KSR (Rivojlantirishda Hamkorlik Qoʻmitasi) dan OPR (Rivojlantirish maqsadidagi rasmiy yordam) olish huquqi boʻlgan davlatlar fuqarolari boʻlgan talabalar uchun uchun (2018 yil uchun Oʻzbekiston aʼzo emas). Murojaat uchun: Yoori Kim, intlscholarship@snu.ac.kr, Telefon: 8228802519;
  • International Student Scholarship – oʻqish pulini toʻlab beradi. Bakalavr va bitiruvchi dasturlar talabalari uchun;
  • Global Korean Scholarship – oyiga 500000 dan 12 oyga 6 000 000 von toʻlaydi. Kontrakt pulini oʻzi toʻlab oʻqiydigan 2-,3- va 4-kurs talabalari uchun. Oʻtgan semestr baholari 100 dan 80 boʻlganda beriladi. Murojaat uchun: Yoori Kim, intlscholarship@snu.ac.kr, Telefon: 8228802519;
  • Daewoong Foundation Scholarship – 2000 dollar toʻlaydi. Bakalavr va bitiruvchi dasturlar talabalari uchun;
  • Overseas Korean Scholarship – Oʻqish, aviabilet, yashash hamda koreys tilini oʻrganish kurslari harajatlarini toʻliq qoplaydi. Xorij fuqarosi boʻlgan koreys millatiga mansub, bakalavr darajasini Koreyada oʻqishni istagan talabalar uchun;
  • SNU Global Scholarship – yashash va oʻqish harajatlari. Seul Milliy universitetida oʻqiyotgan bakalavr va aspirantura talabalari uchun. Murojaat uchun: Yoori Kim, intlscholarship@snu.ac.kr, Telefon: 8228802519;
  • Korean Government ScholarshipOʻqish, aviabilet, yashash hamda koreys tilini oʻrganish kurslari harajatlarini toʻliq qoplaydi. Xorijiy taʼlim Koreya Milliy instituti tomonidan tasdiqlangan barcha yoʻnalishlar uchun (Oʻzbekistonlik talabalar hujjat topshirishi mumkin).

*Toʻliq mavjud boʻlgan grantlar va stipendiyalar hamda ularga hujjat topshirish tartibi bilan BATAFSIL tanishing. Koreyada mavjud barcha stipendiya dastulari bilan BU YERDA tanishing.

Qoʻshimcha xarajatlar: Turar joy, ovqatlanish, oʻquv-qurollari, sport anjomlari va boshqalar uchun harajatlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot:BU YERDA.

Qanday hujjatlar topshirish kerak?

Bakalavriat uchun hujjat topshirish uchun mart/sentyabr oylarida roʻyxatdan oʻtish kerak. Hujjat qabuli sentyabr-oktyabrda. Application uchun taxminan 70 000 von (hozirgi kurs bilan taxminan 62 AQSh dollari)toʻlanadi. Quyidagilar:

  • Toʻldirilgan anketa (1-shakl, onlayn-murojaat yakunlangandan keyin chop etiladi);
  • Oʻqish rejasi va shaxsiy ariza (2-shakl, koreys yoki ingliz tilida);
  • Oʻqituvchingizdan 2 ta tavsiyanoma (3-shakl);
  • Davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqida shahodatnoma va attestat;
  • Pasport nusxasi;
  • Ota-onangizning pasport nusxalari;
  • Moliyaviy sertifikatsiya (4-forma);
  • Tasviriy sanʼat, musiqa va jismoniy tarbiya uchun qoʻshimcha hujjatlar (portfoliyu, ishlarning fotosuratlari, chiqishlarning videoyozuvlari va hokazolar);
  • Qoʻshimcha materiallar;
  • Akademik yozuvlarni tekshirishga rozilik haqida kelishuv (onlayn hujjat topshirish tugagandan keyin chop etish kerak).
  • Til bilish darajasi haqida sertifikat – TOPIK 3 va undan yuqori, IELTS 5.5 va yuqori.

*Hujjatlar shakllarini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Chet ellik abituriyentlar uchun talablar:

  • Oʻrta maktabni tugallagan;
  • Ota-onasi Koreya fuqarosi boʻlmasligi;
  • Koreys millatiga mansub talabgorlar Koreyadan tashqarida boshlangʻich va oʻrta taʼlim olgan boʻlishi kerak.

Tartibi:

  • Onlayn-murojaat va hujjat topshirish;
  • Universitetga qabul uchun tanlovdan oʻtish;
  • Muvaffaqiyatli oʻtganligi haqida eʼlon;
  • Registratsiya.

Chet elliklar uchun stipendiya:

  • Talabalar shaharchasining stipendiyasi (kirish va oʻqish uchun kamaytirilgan toʻlov);
  • Kampusdan tashqari stipendiyalar (KwanYak Scholarship va boshqalar)

*Topshiriladigan hujjatlar, muddat va imtihon qabul qiluvchi haqida maʼlumot bilan tanishish va yuklab olish: bakalavriat uchun: BU YERDA; magistratura, aspirantura/doktorantura uchun: BU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!