Afrikada (Gana) joylashgan MEST Africa tashkiloti biznes, kommunikatsiya va dasturiy ta’minot (Entrepreneurial training in business, communications and software development) bo’cha 1 yillik kursga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur orqali ishtirokchilar Entreprenuer-inTraining bilan biznes, kommunikatsiya va dasturiy ta’minot bo’yicha MBA darajasidagi mashg’ulotlarlarni amalga oshirishadi.
Dastur ishtirokchilari biznes va texnologiyalar haqida fundamental konseptsiyalarni o’rganish bilan bir qatorda 3 bosqichli amaliy vazifalarni o’z ichiga olgan mashg’ulotlarni ham bajarishadi. Bunda dastur ishtirokchilari dastlab guruh tuzishadi, so’ng biror g’oyani ilgari surishadi, keyin o’z mahsulotlarini yaratib, iste’molchilarni jalb qiladi va oxirida o’z ishlari yuzasidan MEST Africa ma’muriyati uchun prezentatsiya qilishadi.
Yil oxirida esa imtihon bo’lib o’tadi. Bunda dastur ishtirokchilari investorlar oldida o’z loyihalari bo’yicha prezentatsiya qiladilar. Imihondan muvaffaqiyatli o’tganlar investorlar tomonidan o’z loyihasini rivojlantirish uchun iqtisodiy ta’minot olish imkoniyatiga ega bo’ladi va MEST Incubator a’zoligiga kiradi.
Dastur Gana poytaxti Akkrada bo’lib o’tadi va 2019-yilning avgustidan boshlanadi.
Grant kimlar uchun?
Istalgan soha bo’yicha universitet diploma yoki texnikaga oid soha bo’yicha kollej diplomiga ega bo’lganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:
- O’qish butunlay tekin bo’ladi;
- Bepul turar joy bilan ta’minlanadi;
- Bepul oziq-ovqat (kuniga 3 mahal) ta’minlanadi;
- Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Shuningdek, imtihondan muvaffaqiyatli o’tganlar o’z loyihalarini rivojlantirish uchun investitsiya qo’lga kiritishlari mumkin.
Afrikaga borish xarajatlari ishtirokchining o’zi tomonidan qoplanishi lozim.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod dasturiy ta’minot bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik (biznes)ga qiziquvchi, kelajakda shu sohada o’z kompaniyasiga/faoliyatiga asos solishni rejalashtirayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzoddan dasturlashga oid tajriba (staj) talab qilinmaydi, lekin bunday tajribani borligi nomzodning tanlanishi uchun ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
- Nomzod istalgan soha bo’yicha universitet diplomiga yoki texnikaga oid soha bo’yicha kollej diplomiga ega bo’lishi lozim. Ushbu diplomlar o’rnini dasturlash sohasida tajribaga ega bo’lganlik ham bosishi mumkin.
Shuningdek, nomzod quyidagi qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak:
- Tadbirkorlarcha o’ylay olishi;
- Kuchli motivatsiyaga ega va sabrli bo’lish;
- Belgilangan vazifalarni belgilangan muddatda bajara olish qobiliyati bo’lish;
- Jamoada ishlay olish qobiliyati;
- Turli odamlar bilan tez kirishib keta olish va ishlay olish qobiliyati;
- O’z-o’ziga ishonch va mustaqil firklash qobiliyati;
- Liderlik moharati;
- Yuqori akademik ko’rsatkich;
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjjat topshirish va dasturga qabul qilinish quyidagicha amalga oshiriladi.
- Dastlab onlayn ariza topshiriladi. Ushbu ariza 2019-yilning 8-fevralidan kechikmasligi lozim.
- Ariza topshirish bosqichidan o’tganlarga MEST jamoasi bilan suhbat uchun taklifnoma yuboriladi. Suhbat telefon orqali amalga oshiriladi.
- Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganlar onlayn ravishda qobiliyatlar va ko;nikmalarni tekshirish testini topshiradilar.
- Testdan muvaffaqiyatli o’tganlar esa yuzma-yuz suhbatga taklif qilinadi. Bu suhbatlar Gana, Kenya, Kot-dIvuarda bo’lib o’tadi.
- Yuzma-yuz suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tganlarga may oyi oxirida dasturga qabul qilinganlik va qatnashish taklifnomasi yuboriladi.
- Shundan so’ng, saralangan nomzodlar 2019-yilning avgustidan boshlab o’qishni boshlaydi.