×

Isroilda talabalar uchun yozgi maktab – grant 1100 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

24.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Isroil

O'QILGAN

4413 marta

Isroilda joylashgan Wiezman Institute of Science oliy ta’lim muassasasi hozirda bakalavriat bosqichida o’qiyotgan talabalardan the  Kupcinet-Getz International Science School yozgi makta dasturi uchun arizalar qabul qilmozda. Ushbu yozgi maktabda matematika, fizika, kimyo, kompyuter texnologiyalari va tabiiy fanlar (Life Sciences) sohalarida tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishi mumkin va yozgi maktab davomida talabalar yuqorida sanab o’tilgan sohalar bo’yicha turli tadqiqot proyektlarida ishtirok etishadi. Tadqiqot proyektlari davomida talabalar malakali  olimlar bilan birgalikda turli labaratoriya hamda nazariy mashg’ulotlarda qatnashadi. Yozgi maktab 2019-yilning 13-iyunidan boshlanib 2019-yilning 8-avgustigacha (8 hafta) davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Matematika, kimyo, fizika, kompyuter texnologiyalari va tabiiy fanlar (life sciences) sohalarida bakalavr bosqichida o'qyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu yozgi maktabda qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Haftasiga 500 NIS (taxminan 135 AQSh dollari) stipendiya bilan ta’minlanadi (hafta uchun 4000 NIS, ya’ni taxminan 1100 AQSh dollari);
  • Barcha xorijiy ishtirokchilar yozgi maktab davomida bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Yozgi maktab uchun ro’yxatdan o’tish va qatnashishi butunlay tekin.

Qatnashchilar Isroilga borish va kelish xarajatlarini o’zlari to’lashi kerak bo’ladi. Shuningdek ishtirokchilar oziq-ovqat bilan ta’minlanmaydi. Shu sababli ishtirokchilar o’zlari yotoqxonada ovqat pishirishlari (pishirish uchun barcha sharoitlar mavjud) yoki ovqat sotib olishlari kerak bo’ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzodlar fizika, kimyo, matematika, kompyuter texnologiyalari yoki tabiiy fanlar (Physical Sciences, Chemical Sciences, Life Sciences, Mathematics or Computer Science) sohasida bakalarvriatda tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ilmiy tadqiqot olib borishga nisbatan kuchli qiziqishga ega bo’lishi kerak. Avval ham ilmiy tadqiqotlarda qatnashgan bo’lish shart emas, lekin qatnashilgan bo’lsa, nomzodning tanlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.
  • Nomzod o’z sohasidagi asosiy fanlardan olgan baholari 4 lik baholash tizimida kamida 3.6 GPA ga ega bo’lishi kerak (100 ballik tizimda 90%lik natijaga ega bo’lishi kerak).
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzod onlayn arizani to’ldirishi va ushbu arizani to’ldirish jarayonida quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:

  • Pasport nusxasi;
  • CV. Agar nomzod oldin lmiy tadqiqot bilan shug’ullangan bo’lsa, uni ham CVga kiritishi kerak. Shuningdek nomzod o’zi tomonidan chop etilgan maqolalarni ham CVda ko’rsatib o’tishi mumkin. CV da pasport qo’yiladigan hajmdagi surat ham bo’lishi kerak.
  • Nomzodning hozirgacha olgan baholari ro’yxati. Bu ro’yxat ingliz tilida bo’lishi va universitetdagi mas’ul xodimi tomonidan imzolangan hamda muhrlangan holda bo’lishi kerak.
  • Motivatsiya xati (bir betdan oshmagan holda).  Unda nozmod o’zining fanga va yozgi maktabga bo’lgan qiziqishi hamda nega ushbu dasturga qabul qilinishi uchun munosib ekanligi haqida yozishi kerak.

Shuningdek nomzod kamida bitta tavsiyanoma (bittadan ko’p bo’lsa ham bo’ladi) ham topshirishi kerak. bu tavsiyanoma nomzodni yaxshi taniydigan va uning sohasini yaxshi biladigan universitet xodimi bo’lishi kerak. Tavsiyanoma to’g’ridan-to’g’ri tavsiya beruvchi shaxs tomonidan onlayn tarzda yukalanadi. Nomzod onlayn arizani to’ldirish jarayonida tavsiya beruvchi shaxs(lar)ning email manzillari va ularning shaxsiga oid ma’lumotlarni ham arizaga kritadi. Nomzod arizani topshirish (Submit) tugmasini bosgach, tavsiya beruvchilarga tavsiyanoma uchun link avtomatik tarzda email orqali yuborliadi.

Ma’lumot uchun: eti.colb@weizmann.ac.il; +972-8-934-4536

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!