AQShda joylashgan The Society of Expoloration – Geophysicists (SEG) notijorat tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Fond geofizikani tadqiq va targ’ib qilish bilan shug’ullanadi va bu grantni geofizika sohasini tanlagan iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratgan. Grantlar butun dunyo bo’ylab geofizika sohasidagi bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslariga o’qishga kirgan yoki hujjat topshirgan (qobiliyatli va umidli talabalarga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura va doktorantura (bo’lajak) talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
SEG grantini yutib olgan talabaga 500 AQSh dollaridan 10000 AQSh dollarigacha bo’lgan miqdorda pul mukofoti beriladi. Talaba bu mablag’ni o’quv qurollari sotib olishga, konktrakt to’lovi uchun va boshqa shu kabi harajatlar uchun yo’naltirishi mumkin.
Talablar:
SEG grantlari eng yuqori akademik yutuqlarga erishgan talabalarga beriladi. Grant uchun nomzodla quyidagi talablarga ham mos bo’lishlari kerak:
- Nomzod bakalavr bosqichiga hujjat topshirib, 2019-yildan o’qishni boshlashi kutilayotgan bo’lajak talaba bo’lishi va hozirgi kunda yuqori maktabda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod magistratura kursi uchun grant olishni xohlasa, u hozrda bakalavr bosqichini tamomlash arafasidagi talaba bo’lishi va 2019-yilda boshlanadigan magistratura uchun hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
- Agar nomzod doktorantura kurslari uchun grant yutib olishni xohlasa, unda u magistratura bosqichining so’nggi kursida tahsil olayotgan bo’lishi va 2019-yilda boshlanaigan doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
- Nomzodning baholari a’lo bo’lishi kerak. SEG grantari eng a’lochi va eng yuqori yutuqlarga erishgan nomzodlarga beriladi.
- Agar nomzod ACT yoki SAT imtihonlarini topshirgan bo’lsa, ulardan to’plangan ballar ham so’raladi.
Dasturga qabul jarayoni:
SEG grantlariga arizalar 2019-yil 1-martga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirishda nomzod baholari, shaxsiy ma’lumotlari, o’zi hozirda tahsil olayotgan muassasa haqida ma’lumotlar hamda unga tavsiyanoma berishi mumkin bo’lgan 2 nafar o’qituvchining elektron pochta manzillarini taqdim etishi kerak bo’ladi. Undan tashqari, quyidagi mavzuda insho yozish talab etiladi:
In 250 words or less (ignore the character count; the limit is 250 words, not 2500 characters), write an original essay describing your interest in and plans to study coursework directed toward a career in applied geophysics. The essay must be in English. The essay should be written like a paper (don’t use numbers and just answer the questions; use paragraphs). The essay should represent your best writing, so check for grammar, spelling, etc. Be sure to address the following questions in your essay:
How did you become interested in geophysics?
What do you hope to do with applied geophysics in your future career?
What particular area(s) of geophysics or related sciences is/are especially interesting to you?
Ma’lumot uchun scholarships@seg.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.