Academy Scholars Program dasturi AQSH va Kanadadan boshqa mamlakar va mintaqalarning tarixi yoki madaniyati haqida bilimga ega boʻlgan, til biladigan, ilmiy ishi ijtimoiy fanlar yoki huquqshunoslik sohalarida oʻziga xoslik, yuqori sifatga ega boʻlgan, oʻz karyerasi ostonasida turgan olimlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Dastur ishtirokchilari AQSHdagi dunyoga mashhur Garvard universitetining Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar boʻyicha Garvard akademiyasida 2 yillik postdoktorlik tadqiqotini olib boardi.
Dasturga har yili 4-6 nafar olim qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Ijtimoiy fanlar yoki huquqshunoslik sohasidagi doktorantlar va yaqinda PhD darajasini olganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Mazkur dasturga qabul qilinganlar quyidachiga imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- PhD darajasiga ega ishtirokchilar yiligi 70 ming AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi. Hali PhD darajasini olib ulgurmaganlar, to darajani olguniga qadar, yiliga 35 ming AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.
- Shuningdek, turli ilmiy konferensiya va ilmiy tadqiqot safarlari xarajatlari, ilimiy assistentlar va tibbiy sugʻurta xarajatlari ham qoplab beriladi.
Talablar:
Dasturga ariza topshiruvchi nomzorlarga quyidagi talablar qoʻyilgan:
- Nomzod ijtimoiy fanlar yoki huquqshunoslik sohasi boʻyicha yaqinda PhD darajasini olgan (PhD recipient) yoki shu sohalardan biri boʻyicha doktorant boʻlishi kerak.
- PhD darajasiga ega boʻlganlar mazkur darajasi 2018-yil 30-sentyabrdan keyin olgan boʻlishi kerak.
- Doktorantlar ariza berish vaqtida barcha taqdiqot ishlarini yakunlagan hamda dissertatsiyasini yozish jarayonida boʻlishi, 2022-yilda esa dissertatsiyasini yozib tugatishi kerak.
Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjatlar BU YERDA 2021-yilning 1-oktyabrigacha onlayn tarzda topshirilishi kerak.
Onlayn arizani toʻldirishda quyidagi hujjatlarni topshirish soʻraladi:
- Arizachining akademik sohasi, ixtisoslashgan mamlakati yoki mintaqasi va taklif etilayotgan tadqiqot mavzusi haqida qisqacha bayonni oʻz ichiga olgan biriktirilgan xat (Cover letter).
- CV yoki rezyume. CV/Rezyumeda nomzodning nashr qilgan ishlari roʻyxati ham boʻlishi kerak.
- Tadqiqot taklifi (Research proposal). Taklif 2500 soʻzdan oshmasligi, intellektual maqsadlar, rejalashtirilgan medotologiya va ixsisoslik ishini oʻz ichiga olishi kerak. Tadqiqot taklifi boʻyicha koʻrsatmalar bilan BU YERDA tanishing.
- PhD dasturining baholari.
- 3 ta tavsiyanoma (onlayn ariza orqali yuklanadi.
Hujjat topshirish jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Mazkur dasturga oʻtgan yillar davomida nechta nomzod hujjat topshirgani va nechtasi qabul qilingani haqidagi maʼlumotni BU YERDAN topasiz.
Savollar yuzasidan applicationinquiries@wcfia.harvard.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.