×

ACI Undergraduate Scholarships: AQShda qurilish ishi va muhandislik bakalavr kurslarida o’qish uchun 5 000 AQSh dollari grant va haq to’lanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1754 marta

American Concrete Institute tomonidan taqdim etiladigan ACI Undergraduate Scholarships grantlari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar AQShning istalgan oliy ta’lim muassasasi bakalavr kurslariga qabul qilingan iqtidorli talabalarga beriladi. Grant dasturi tarkibida Richard D. Stehly Memorial Scholarship va Roger S. Johnston Memorial Scholarship grantlari mavjud. Grantni yutib olish uchun nomzod o’qishga qabul qilingan bakalavr kursi qurilish ishlari va qurilish muhandisligi yo’nalishlarida bo’lishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga o’quv qurollari, tadqiqot va boshqalarga sarflash uchun 5 000 AQSh dollari grant beriladi. Roger S. Johnston Memorial Scholarship grantini yutib olgan talabaga Denver Metro hududida haq to’lanadigan amaliyot o’tash imkoniyati ham beriladi (lekin bu ixtiyoriy).

Talablar:

  • Nomzod AQSh oliy ta’lim muassasalaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’qishga qabul qilingan bakalavr kursi yo’nalishi struktura dizayni, qurilish va materiallar, qurilish menejmenti yoki qurilish ishi sohalarida bo’lishi kerak.
  • Roger S. Johnston Memorial Scholarship grantini yutib olish uchun nomzod AQShning Kolorado yoki Vayoming shtatlaridagi universitetlardan biriga o’qishga kirgan bo’lishi tavsiya etiladi.
  • AQSh bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun esa nomzod maktabni (kollej, litsey) tamomlagan bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talablar universitetlarga qarab farq qiladi, lekin odatda kamida IELTS 6.0 talab etiladi.
  • Nomzod SAT yoki ACT testlarini topshirgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun avvaliga AQShdagi istalgan oliy ta’lim muassasasiga mos yo’nalishdagi bakalavr kursiga hujjat topshiring. O’qisha qabul qilinganingiz ma’lum bo’lganidan so’ng ACI grantlariga ariza berish mumkin bo’ladi. Arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirishning so’nggi muhlati belgilanmagan.

Ma’lumot uchun scholarships@concrete.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!