Filippinning Manila shahrida joylashgan Osiyo Taraqqiyot Banki shtab-kvartirasi magistrant va doktorantlarni davlat siyosati, tabiiy resyrslarni boshqarish va iqtisodiy axloq sohalari boʻyicha Intern – Office of the Director General, EARD dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzodlar Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab- East Asia Departmentda amaliyot oʻtaydi. Dastur 2020-yil yanvarda boshlanadi va 12 hafta davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda davlat siyosati, tabiiy resyrslarni boshqarish va iqtisodiy axloq sohalari boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot mavzusi: “Gender dimension of sustainable consumption and production”.
Grant kimlar uchun?
Davlat siyosati, tabiiy resyrslarni boshqarish va iqtisodiy axloq sohalarida oʻqiyotgan magistr va doktorantlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik 69 USD(oyiga taxminan 2 070 USD) stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod ADB a’zosi boʻlgan istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod davlat siyosati, tabiiy resyrslarni boshqarish va iqtisodiy axloq sohalariga mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod tegishli soha boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
- Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
- Nomzod ayni vaqtda dastur mavzusiga yaqin sohalardan biri boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Amaliyot dasturiga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 15-sentabrgacha davom etadi.
- Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
- Hujjat topshirish uchun avval ADB(ACES) saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
- Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply for this Vacancy yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
- “Attachments” boʻlimiga soʻraglan hujjatlarni yuklang.
- Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.
Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):
- CV/resume.
- Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
- Esse. Har bir savol boʻyicha 1500 tagacha soʻz hajmda esse yozib MS Word yoki PDF formatda tizimga joylaysiz. Esse mavzulari:
- Describe one example of your experience that demonstrated your interest in working in ADB.
- Highlight your qualifications that will help accomplish this internship assignment (e.g., coursework, research, work experience, etc.).
- Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
- Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
- Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.