×

Angliya: Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun qisman grant; joy – 80 ta


Grant

MUHLAT

16.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2102 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London bakalavriat va magistratura kurslari uchun mo’ljallangan Dean’s International Scholarship for Occupational Therapy & Physiotherapy (Physical Therapy) 2019/20 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant bir marta berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning quyidagi bakalavriat va magistratura kurslariga taalluqli:

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bakalavriat bosqichiga bir yilga taxminan 9,250, magistratura va doktoranturaga esa 15 400 – 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 80 nafar talabaga (har bir koʻrsatilgan guruh uchun 20 tadan) o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 2 000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A/ 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr oyida boshlanadigan yuqorida koʻrsatilgan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-7,0 ball talab qilinadi.
  5. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
  7. Nomzod 3000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.
  8. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  9. 2 va 3-bosqich talabalari ariza topshira olmaydi.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 16-iyunga qadar. Oʻqishga hujjat topshirish esa 30-iyungacha. Grant yutib olishni istagan talabalar ertaroq ariza berishlari kerak boʻladi.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Magistraturaga hujjat berish haqida esa:shu yerda tanishing.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamidan aniqlanadi.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, 16-iyungacha joʻnatish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar sentabr oyi boshida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@brunel.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!