×

Angliya: Biznes boʻyicha magistratura uchun 3000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3073 marta

Angliya Kenterberi shahrida joylashgan University of Kent tarkibidagi Kent Business School 2019-2020-oʻquv yiliga Kent Business School Hardship Bursary dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant biznes boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan. Grant moliyaviy ko`makka muhtoj talabalarga bir yil beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Kent magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 2 543 dan 19 000 funt-sterling. Kontrakt hajmi haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga 3000 funt-sterling mablagʻ beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning o`zi to`laydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning Kent Business Schoolda o`qitiladigan biznes bo`yicha nagistratura dasturlaridan biriga ariza topshirgan va o`qishga taklifnomani qo`lga kiritgan bo`lishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  5. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  6. Britaniyada oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.
  7. Stipendiya yutib olgan talabalar universitet tashkil etadigan tadbirlarga yordamchi sifatida jalb etilishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

O`qishga arizalar 2019-yil 31-mayga qadar, grantga esa 31-avgustgacha qabul qilinadi va jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi. Grant olishni istagan talabalar o`qishga arizani ertaroq topshirishlari kerak.

1-bosqich. Avvalo, yuqorida koʻrsatilgan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Kerakli dasturni tanlash lozim. Barcha dasturlar: SHU YERDA koʻrsatilgan. Roʻyxatdan kerakli kurs tanlanadi.
  2. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Bakalavr diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  4. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  5. Rezyume (agar soʻralsa).
  6. Pasport nusxasi.
  7. Moliyavoy ahvol haqida ma’lumotnoma.

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA berilgan.

2-bosqich. Stipendiya olish uchun ariza oʻqishga kirganlik haqida maʼlumot kelgandan keyin beriladi:

  1. Arizani talabalar portali orqali topshiriladi.
  2. Tizimgan kirgandan keyin “My Scholarships and Bursaries” boʻlimiga oʻtiladi.
  3. Boʻlimda ariza berish mumkin boʻlgan grantlar roʻyxati chiqadi. Shular ichidan “Kent Business School Hardship Bursary” tanlanadi va “Apply” yozuvi bosiladi.
  4. Soʻralgan maʼlumotlar bilan birga Microsoft Word yoki PDF 750 ta soʻzdan oshmagan esse ham yuklash kerak. Esse moliyavoy yordamga muhtojlik haqida yoziladi.

*Muhim: Hujjatni 2019-yilning 31-avgustigacha topshirish kerak.

Nomzodlarni saralash ularning moliyaviy yordamga muhtojligi, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli tajriba, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan besh kun o`tib xabar qilinadi.

Murojaat uchun:

Manzil: University of Kent, Canterbury, Kent, England, CT2 7NZ

Telefon: +44 (0)1227 764000

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!