Angliyaning London shahrida joylashgan University College London 2020-2021-oʻquv yili uchun STS Aristotle studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Department of Science and Technology Studies (STS) tomonidan moliyalashtiriladi, shuning uchun talaba STS boʻlimia hujjat topshirishi kerak. Grant universitetda oʻqitiladigan magistratura (postgraduate taught) kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 3 nafar talabaga bir yil davomida beriladi. Grantga nomzodlar yuqori salohiyatli, a’lochi, kafedra faoliyatiga oʻz hissasini qoʻsha oladigan boʻlishlari zarur.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University College Londonning magistatura yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-oʻquv yili uchun taxminan 25 610 funt-sterlingdan boshlanadi. Kontrakt hajmi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shu sababli aniq ma’lumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan oling.
Grant yutib olgan mahalliy va YeI davlatlaridan kelgan nomzodlarga bir yil muddatga kontrakt pulini toʻliq, boshqa davlatlar (jumladan oʻzbekistonlik) fuqarolarga esa 50 foiz qoplab beriladi.
Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod UCLning Department of Science and Technology Studies (STS) magistratura (taught) kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
- Nomzod kafedra (STS) ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishni istashi va bunga hissa qoʻshishga tayyorligini koʻrsata olishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar UCLning Department of Science and Technology Studies (STS) magistratura (taught) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn – 2020-yil 1-iyul.
Kursga hujjat topshirish uchun barcha ma’lumot, kirish talablari, ingliz tili talablari va hujjatlar haqida: shu yerdan bilib olish mumkin.
Grantga ariza berish. Grantga ariza shaklini yuklab olamiz. Arizani toʻldirib, soʻralgan hujjatlar bilan birga sts-msc-admissions@ucl.ac.uk pochtasiga 2020-yil 1-iyulgacha joʻnatish kerak.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilan ariza.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5-7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
- Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga salohiyati, ijtimoiy faolligi, aʼlo baholari, kafedra madaniy hayotida ishtirok etish hamda tashkiliy ishlarda yordam berishga tayyorligiga asosida saralanadilar.
Natijalar 2020-yil iyul oyi oxirigacha xabar qilinadi. Saralashdan oʻtmagan nomzodlarga xat joʻnatilmaydi, agar iyul oxirigacha xat olmasangiz, demak ariza rad etilgan boʻladi.
Maʻlumot uchun: sts-msc-admissions@ucl.ac.uk