Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan Nottingham Trent University magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun bir qancha grantlar taqdim etadi. Ushbu grantlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Nottingham Trent University magistratura kursining bir yillik oʻqish haqi bir yil uchun taxminan 15 500-17 000funt-sterling.
- Postgraduate Masters Scholarships. Grant NTU Academic Schools tomonidan taqdim etilgan. 2020-yil yanvarda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, odatda talabaning oʻqish pulini qisman: 25% yoki 50%
- International Scholarships. Ushbu grant 2020-yil yanvarda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, talabani 2000 funt-sterling pul mablagʻi bilan taʼminlaydi.
Barcha magistratura dasturlari haqida maʼlumot: shu yerda.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- YeIga kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod bakalavr farajasiga ega boʻlishi kerak. Bu hujjatga talablar Buyuk Britaniya baholash tizimiga mos kelish-kelmasligi universitetning davlatlar sahifasida tekshirib olinishi kerak. Oʻzbekiston bu roʻyxatga kitirilmaganligi uchun, bu haqida aniqlashtirish uchun Xalqaro Rivojlanish Byurosiga murojaat qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun IELTS 6,0-6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 5,5) ball talab qilinadi.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga first class yoki honors baholar kerak boʻlishi mumkin.
- Aniq fanlar boʻyicha kurslarga hujjat topshirgan nomzoddan GMAT/GRE/GCSEs sertifikatlari soʻraladi.
Topshiriladigan hujjatlar tanlangan yoʻnalishlarga koʻra farq qiladi. Chet ellik taabgorlar uchun barcha talablar haqida: shu yerda tanishish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 14-oktabr-11-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Ariza onlayn shaklda: shu yerda toʻldiriladi va international@ntu.ac.uk elektron pochtasiga joʻnatiladi.
Kerakli hujjatlar (taxminan):
- Toʻldirilgan arizalar.
- CV/resume.
- Bakalavr diplomi va ilovasi.
- Ingliz tili sertifikati.
- tAVSIYANOMA.
- Research proposal soʻralishi mumkin.
- GRE/GMAT sertfifkatlari soʻralishi mumkin.
Natijalar 2019-yilning dekabr-yanvarigacha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: international@ntu.ac.uk.