×

Angliya: Magistratura uchun 2 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1917 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan Bristol universitetiUniversity of Bristol 2019-2020-oʻquv yili uchun Phyllis Mary Morris Bursaries dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning quyidagi magistratura kurslarida o`qishni istagan iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladi:

Grant 6 nafar nomzodga bir yil muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Bristol MSc kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba 2019-2020-o`quv yiliga quyidagicha kontrakt to`laydi:

Phyllis Mary Morris Bursaries granti talabaga stipendiya koʻrinishida beriladi. Stipendiya miqdori 2 000 funt-sterling va bu pulni kontrakt toʻlash yoki yashash xarajatlari uchun sarflash mumkin.

Phyllis Mary Morris Bursaries grant dasturiga ariza bergan talaba avtomatik tarzda Think Big Postgraduate grantiga ham da’vogar hisoblanadi.

Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin (yuqorida koʻrsatilgan).
  • Universitetning yuqorida ko`rsatilgan 3 ta yoʻnalishidan biriga 2019-yil sentyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan sohasi bo`yicha bakalavr diplomiga ega bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetda oʻqitiladigan uchta kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. O`qishga hujjat topshirish dedlayni 2019-yil 31-iyulgacha. Grant dasturi uchun 2019-yil 30-iyungacha ariza berish mumkin. Grant olishni xohlasangiz, iloji boricha erta hujjat topshiring.

Oʻqishga hujjat topshirishga yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.

O`qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Grantga ariza berish. Ariza berishdan oldin yo`riqnoma bian tanishing. Grant arizasini onlayn tarzda toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yoziladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Esse. Esse 3 ta savolga javob ko`rinishida, 200 ta so`zdan iborat bo`lishi lozim.
  • Stipendiya haqida maʼlumotlar.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Shaxsiy ariza. Arizalar tanlangan kursga qarab turlicha yoziladi. Shuning uchun http://www.bristol.ac.uk/study/postgraduate/admissions-statements/ sahifasidan kerakli shaklni topish lozim.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
  • Tanlangan yo`nalishga qarab SAT/ACT/GMAT/GRE kabi boshqa sertifikatlar so`ralishi mumkin.
  • Ingliz tili testi sertifikati (IELTS 6,0-6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
  • Tavsiyanoma so`ralishi mumkin.
  • Research proposal topshirilishi mimkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi va ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil 19-iyulgacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: international-office@bristol.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!