×

Angliya: Moliya va buxgalteriya boʻyicha magistratura uchun qisman grantlar; joy – 8 ta


Grant

MUHLAT

29.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2373 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan University of Bristol 2020-2021-oʻquv yili uchun Global Accounting and Finance Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning biznes, bank ishi va buxgalteriya sohalari boʻyicha magistratura (MSc) kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriadi. Grant salohiyatli va iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant 8 nafar nomzodga bir yil muddatga ajratiladi. Grant quyidagi kurslarga hujjat topshirgan nomzodlarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan 8 nafar talabaga kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Bu pulni faqatgina kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin.

Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning yashash, oʻquv qurollari, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Ushbu grantga hujjat topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda Think Big Postgraduate grantiga ham da’vogar hisoblanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga 2020-yil sentyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod kontraktda oʻqiydigan chet ellik talaba sifatida roʻyxatda turishi lozim.
  • Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. Oʻqishga hujjat topshirish dedlayni 2020-yil yozgacha. Grant dasturi uchun bir necha marta ariza topshirish mumkin. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 29-mart.

Oʻqishga hujjat topshirishga yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.

Oʻqishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Grantga ariza berish. Ariza berishdan oldin yoʻriqnoma bilan tanishing. Grant arizasini onlayn tarzda toʻldirish kerak. Ariza Think Big granti bilan bitta shaklda. Shuning uchun savollar ham bir xil. Arizada quyidagi maʼlumotlar yoziladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Esse. Esse 3 ta savolga javob koʻrinishida, 200 ta soʻzdan iborat boʻlishi lozim. Savollar quyidagicha:
    1. We are looking to support the brightest and best individuals who will actively contribute to the development of their nation in the future. Please describe any special attributes or accomplishments that you think make you deserving of a Think Big scholarship?
    2. We are looking for scholars who will be great ambassadors for the University. Please give an example of when you have recently contributed to your community?
    3. We would like to support students who have clear goals for their future. Please explain how studying your chosen programme at the University of Bristol will help you to ‘Think Big’ and shape your plans after graduation?
  • Stipendiya haqida maʼlumotlar.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Shaxsiy ariza. Arizalar tanlangan kursga qarab turlicha yoziladi. Shuning uchun shu yerdan kerakli shaklni topish lozim.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha kamida 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
  • Tanlangan yoʻnalishga qarab SAT/ACT/GMAT/GRE kabi boshqa sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6,0-6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • Research proposal topshirilishi mimkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a’lo baholari, pesearch proposal, yangi gʻoyalar va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 2020-yil 24-aprelgacha elektron pochta orqali ogohlantiriladi.

Maʻlumot uchun: pg-funding@bristol.ac.uk; choosebristol-pg@bristol.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!