×

AQSh: Bakalavriat bosqichlari uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1175 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Florida shtati Orlando shahrida joylashgan Valencia College 2020-21-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Valencia College Global Achievers Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir semestrga beriladi. Grantga nomzod talabaning baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Valencia College bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi  taxminan 9 383 AQSh dollar.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir semestr muddatga kontrakt pulidan 500-2 500 USD cheirma qilinadi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA kamida 3,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS kamida 5.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Keyin grantga alohida ariza berish talab qilinadi.

Grantga dedlayn 2020-yil 15-martgacha.

Oʻqishga hujjat topshirish talablari bilan tanishing va shu yerda ariza toʻldiring. Ariza berish uchun 35 dollar badal toʻlash lozim.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 5.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Grantga ariza berish. Grantga arizani: shu yerda toʻldiring. Ariza ichida koʻrsatilgan mavzuda esse yozib berish kerak boʻladi.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va ijtimoiy faolligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar 2020-yil 1-aprelda xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

Talia Popovski

Managing Director, International Student Recruitment & Global Engagement

e-mail: Tpopovski1@valenciacollege.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!