×

AQSh: Barcha xarajatlar qoplanadigan 4 oylik amaliyot dasturi; stipendiya va aviachipta olib beriladi!


Grant

MUHLAT

20.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3814 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan Yale University 2020-yilgi Maurice R. Greenberg  World Fellows Program stajirovka dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur oʻz karyerasining qizgʻin pallasidagi turli soha vakillari uchun moʻljallangna boʻlib, har yili avgust-dekabr oylarida hamkorlik stajirovka dasturi uchun saralab olingan bir necha guruh mutaxassislarga Yale universitetida oʻz ustida ishlash va tadqiqot olib borish imkoniyati yaratiladi.

Maurice R. Greenberg World Fellows dasturi 4 oylik hamkorlik stajirovka dasturi boʻlib, bu dastur ishtirokchilari shu vaqt mobaynida AQShning mashhur Yale universitetida izlanishlar olib borishadi. Bunda ularga oʻz dunyoqarashlarini kengaytirish hamda fikrlarini olimlar va mutaxassislar bilan boʻlishish imkoniyati yaratib beriladi. Dastur qatnashchilari uchun quyidagi mashgʻulotlar tashkillashtirilgan:

  • Haftalik seminarlar. Bunda qatnashchilar bir-birlari bilan tanishishlari, turli mavzularga fikr almashishlari va muhim mavzularda taniqli olimlarning fikrlarini eshitishlari va shu kabi koʻplab mashgʻulotlar bilan shugʻullanishlari mumkin. Seminarlarda muhit ijobiy va yoqimli boʻladi.
  • Shaxsiy rivojlanish. Dastur davomida qatnashchilar oʻz ustlarida ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi, ular mustaqil tadqiqot olib borishlari yoki unverisetda oʻqitiladigan 2000 dan ziyod qisqa kurslarda qatnashishlari mumkin.
  • Qatnashchilar dastur davomida Yale Universiteti fakultetlari boʻylab turli tadbirlarda qatnashishlari mumkin.
  • Qatnashchilarga dastur vaqtida Yale universiteti bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar biriktirilib qoʻyiladi va talabalar qatnashchilarga dastur davomida turli mashgʻulotlarda yordamlashadi.

Grant kimlar uchun?

Turli soha mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga grant asosida qabul qilingan ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Qatnashchiga yashash xarajatlariga sarflash uchun stipendiya beriladi.
  2. Qatnashchi bir yoki ikki xonali oʻrtacha jihozlangan turar-joy bilan ta’minlanadi.
  3. Nomzod tibbiy sugʻurta qilinadi.
  4. Nomzodga safar uchun borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  5. Undan tashqari, dastur davomida qatnashchilar Nyu York va Vashington shaharlariga sayohat qiladilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan fuqarolar ishtirok erta oladilar.
  2. Nomzod 5 yildan kam boʻlmagan va 20 yildan koʻp boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishi va ish faoliyati davomida yutuqlarga erishganligi, kelajakda ham shunday davom eta olishini koʻrsatib bera olishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. Nomzod AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  5. Nomzod oʻz sohasida milliy, hududiy va xalqaro miqiyosda yutuqlarga erishgan boʻlishi, oʻz sohasiga sodiq, jonkuyar boʻlishi hamda muhim masalalarga befarq boʻlmagan, turli muammolarga yechim topishga tayyor shaxs boʻlishi zarur.
  6. Nomzodda kelajakda yaxshi yetakchi boʻlib yetishishga potensial boʻlishi kerak.
  7. Nomzod Yale universitetidagi dasturdan manfaatdor boʻlish bilan birga jamiyatga manfaat keltira oladigan shaxs boʻlishi zarur.
  8. Nomzod yetakchilik, bunyodkorlik, ijodiy va yaratuvchilik ruhida fikrlay oladigan shaxs boʻlishi muhim hisoblanadi.
  9. Nomzod dasturga qabul qilingan taqdirda 4 oy mobaynida AQShda, ya’ni Yale universiteti binosida yashash imkoniga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish toʻliq onlayn shaklda boʻladi, hujjat topshirish uchun onlayn tarzda ariza berish kerak. Buning uchun oldin tizimda shaxsiy akkauntingizni roʻyxatdan oʻtkazib, unga kirgach ariza toʻldirishni boshlashingiz mumkin. Dedlayn muddati 2019-yil dekabr oxiri sifatida koʻrsatilganligi sababli, shartli ravishda 20-dekabr, deb olindi.

Ariza berishda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • CV/resume.
  • Insholar (savollar ariza formasida koʻrsatilgan).
  • Uchta tavsiyanoma.
  • Qisqa video (bu majburiy emas, ixtiyoriy).

Bundan tashqari, dasturda qatnashishi mumkin boʻlgan shaxsni dasturga nomzodlikka koʻrsatish  mumkin.

Ma’lumot uchun: applicant.worldfellows@yale.edu elektron manziliga murojaat qiling yoki savol-javoblarni koʻrib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!