×

AQSh: Barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi; stipendiya – 3 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

03.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4534 marta

AQShning Washington D.C. shahrida joylashgan The George Washington University yosh mutahassislar, olimlar, hukumat hizmatchilari, siyosiy arboblar va inson huquqlarini himoyalash muassasalari hodimlarini The Central Asia-Azerbaijan Fellowship Program (CAAFP) amaloyot dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Ozarbayjon fuqarolari qatnashishlari mumkin. CAAFP dasturi qatnashchilarning tadqiqot va tahliliy koʻnikmalarini oshirishga va davlat siyosatida oʻz oʻrinlariga ega boʻlishlariga zamin yaratadi. Amaliyot dasturi 2020-yilning 1-sentabridan 30-noyabrigacha 3 oy davom etib, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va AQSh olimlari va siyosatchilari oʻrtasida fikr almashish va uzoq muddatli intellektual hamkorlikni yaratish maqsadida tashkil etilgan. Bu yilgi mavzu: «Societal Engagement with Cultural, Educational, Environmental, and Gender Related Issues».

Grant kimlar uchun?

Olimlar, siyosatchilar, faollar va jamoat arboblari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur gʻoliblariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Amaliyotda bepul qatnashish.
  2. Kundalik xarajatlar uchun oylik 3 000 USD miqdorida stipendiya (soliqqa totiladi).
  3. Viza xarajatlari.
  4. Tibbiy sugʻurta.
  5. Safar xarajatlari (AQShga borish va kelish uchun aviachipta).

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston yoki Ozorbayjon fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod 25-40 yoshda boʻlishi zarur.
  3. Nomzod hukumat idorasi hodimi, siyosatchi, olim/tadqiqotchi yoki inson huquqlarini himoyalash sohasida faoliyat olib borishi kerak.
  4. Nomzod magistrlik darajasiga ega boʻlishi va siyosat bilan bogʻliq sohada faoliyat olib borgan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Nomzodga qoʻyilgan talablar haqida shu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilning 1-sentabrida boshlanadigan amaliyot dasturi uchun hujjatlarning barchasi shu yilning fevral oyi oʻrtalaridan 3-aprelga qadar topshirilishi kerak. Buning uchun onlayn ariza toʻldiriladi va kerakli hujjatlarning barchasi kerakli oʻrinlarga yuklanadi. Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Motivatsion xat.
  3. Dastur mavzusiga takliflar (A concise proposal for a policy paper) 3-5 sahifadan iborat.
  4. Rezyume.
  5. 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxsning ismi-sharifi va kontakt raqamlari.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!