×

AQSh: Doktorantlarga Yangi Orleanga sayohat va tadqiqot uchun 4 000 AQSh dollarlik grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1878 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Yangi Orlean shtatida joylashgan The Historic New Orleans Collection’s markazi 2020-2021-yillar uchun The Dianne Woest Fellowship in the Arts and Humanities dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Dayanna Odri Uest hurmatiga tashkil etilgan. Grantlar ijtimoiy, gumanitar va madaniyatshunoslik boʻyicha doktoranturada oʻqiyotgan nomzodlarga beriladi. Grant bir marta berishga moʻljallangan. Grant Louisiana va Gulf South madaniyati va tarixiga qiziquvchi tadqiqotchiga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir martalik 4 000 AQSh dollar stipendiya ajratiladi. Stipendiya bir haftadan bir oygacha muddatda AQShga borib-kelish uchun yoʻl, aviachipta va yashash xarajatlarini qoplashga moʻljallangan.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod ijtimoiy, gumanitar va madaniyatshunoslik boʻyicha doktoranturada oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod tadqiqotchilik salohiyatiga ega boʻlishi va dissertatsiyasini 2021-yil 31-martgacha himoya qilishi talab qilinadi.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq koʻrsatilmagan. Ammo nomzod inglizchada erkin gaplasha olishi kerak boʻladi.
  6. Nomzod tanlangan sohaga tegishli bakalavr/magistr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Grant talablari va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2019-yil 15-noyabrga qadar qabul qilinadi. Nomzodlardan PhD ishini 2021-yil 31-martgacha himoya qilish talab qilinadi.

Ariza shaklini: shu yerdan yuklab olib toʻldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilib, dedlaynga qadar Jason Wiese (Woest Fellowship Committee chairman)ga jasonw@hnoc.org elektron pochtasiga elektron shaklda yoki Dianne Woest Fellowship, The Historic New Orleans Collection, 410 Chartres Street, New Orleans, Louisiana, 70130 pochta manziliga qogʻoz shaklda joʻnatish kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Loyihaning annotatsiyasi, 100 tagacha soʻzda aks ettriladi.
  4. Research proposal, 6 varaqqacha hajmda ikki taraflama chiqarilgan boʻlishi va: (a) loyiha masshtabi (hajmi); (b) The Historic New Orleans Collection boʻyicha materiallar tahlili; (c) kutilayotgan natijalar yoziladi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq koʻrsatilmagan. Ammo inglizchada erkin gaplashishga yetarli boʻlishi lozim.

Nomzodlarni saralash ularning loyihasi, research proposal, mavzuning dolzarbligi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga 2020-yil 1-fevralda eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: jasonw@hnoc.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!