Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vashington shahrida joylasjgan Aspen Institute rivojlanish mutaxassislari (development professionals)dan 2020-yilgi New Voices Fellowship hamkorlik dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur media, aloqa va yetakchilik imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan va bir yilga moʻljallangan. Dasturga 25 nafar qatnashchi qabul qilinishi rejalashtirilgan, ulardan 15 nafari oziq-ovqat xavfsizligi, xalqaro salomatlik, rivojlanish iqtisodiyoti, salomatlik va inson huquqlari hamda iqlim oʻzgarishi sohalari mutaxassisi boʻlishlari, 10 nafari esa jinsiy va reporoduktiv salomatlik boʻyicha mutaxassis boʻlishlari zarur.
Dastur davomida qatnashchilar dunyoning barcha hududlaridan boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻz bilim va tajribalaridan kelib chiqqan holda media materiallari tayyorlashlari kerak boʻladi.
Grant kimlar uchun?
Maxsus soha - rivojlanish mutaxassislari (development professionals) mutaxassislari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur davomida qatnashchilar xizmat safarlarida boʻlishlari kutiladi, tashkilotchilar esa barcha safar xarajatlari va xizmat davomida toʻlanishi kerak boʻlgan barcha toʻlovlarni toʻlab beradi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
- Dastur yosh mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, unda qatnashayotgan mutaxassislar oʻz sohalari boʻyicha yetarlicha tajribaga va yutuqlarga ega boʻlishlari zarur.
- Nomzoddan toʻliq stavkada ishlash yoki dastur uchun maxsus biror joyga koʻchib oʻtishni talab qilinmaydi, lekin nomzodlar dasturga qabul qilingach material tayyorlash, mahalliy va xalqaro nashrlar bilan intervyularda qatnashish va turli konferensiyalarda ishtirok etish uchun ancha vaqt sarflashlari kerak boʻladi.
- Nomzod jurnalistlikka yaqin vazifalarni bajarishsa ham, ularni dasturga jalb qilishdan maqsad ularning koʻrsatilgan sohalardagi muhim bilimlaridan foydalanish, shuning uchun qatnashilar yuqorida sanab oʻtilgan sohalar mutaxassislari boʻlishi shart.
- Jurnalistlar, PR mutaxassislari yoki yozuvchilar dasturga qabul qilinmaydi.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2020-yil avgustdan oktabrgacha qabul qilinadi.
Sizni dastur uchun tavsiya etishi kerak boʻlgan shaxs shu yerdagi maxsus arizani toʻldirishi lozim. Bunda tavsiyachining ham, nomzodning ham shaxsiy ma’lumotlari soʻraladi. Ariza formasini toʻldirish jarayonida tavsiya qiluvchi nomzodni qayerdan tanishi, uni nima uchun tavsiya qilayotgani va nomzodning erishgan yutuqlari haqida ham yozishi kerak boʻladi.
Hujjat topshirishga oid ma’lumotlarni savol-javoblar sahifasidan yoki maqola oxirida berilgan manzillardan aniqlash mumkin.
Nomzod tomonidan hujjat topshirish jarayoni ilk saralashdan keyin boshlanadi. Agar dasturga qatnashmoqchi boʻlsangiz, oldin sizni biladigan biror ilmiy rahbar yoki oʻqituvchi sizni dastur uchun tavsiya qilishi zarur. Nomzodingiz koʻrib chiqilgach, sizdan ariza topshirish soʻraladi. Bunda siz ikkita insho ham taqdim etishingiz kerak boʻladi. Bu bosqichdan ham muvaffaqqiyatli oʻtgan nomzodlar suhbatdan oʻtkazilib, suhbatdan eng yaxshi oʻtgan nomzodlar ichidan dastur uchun qatnashchilar tanlab olinadi. Shuning uchun, hujjat topshirishning ilk bosqichi hisoblangan nomzod qoʻyish jarayonidan birinchi oʻtilmaguncha keyingi ma’lumotlar taqdim etilmaydi.
Bogʻlanish uchun: newvoices@aspeninstitute.org.