×

AQSH: Jurnalistlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan seminar!


Grant

MUHLAT

17.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1550 marta

Woods Hole okeanografiya instituti (WHOI) 2020-yilning 10-12-iyun kunlari AQSHning Massachusets shtatida boʻlib oʻtadigan xalqaro jurnalistlar uchun Ocean Science Journalism Fellowship dasturida ishtirok etishni taklif etmoqda. Dastur maqsadi ilmiy soha jurnalistlariga okeanografiya va okean muhandisligi sohalarini tanishtirish hisoblanadi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritganlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Dastur davomida turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
  • Ishtirokchilarga 1200 AQSH dollari miqdorida yoʻl haqi beriladi.

Talablar:

Nomzod kamida 2 yillik ommaviy auditoriya uchun mo’ljallangan maqola yozish, turli ishlar (materiallar) tayyorlash yoki tahrirlash tajribasiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturida qatnashish uchun arizalar 2020 yilning 17-apreliga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza (ariza shakli).
  2. Rezyume (CV).
  3. Mazkur dasturga nima sababdan qatnashayotganingiz va undan nimalarni kutayotganligingizni tasvirlovchi bir sahifali xat.
  4. Soʻnggi 2 yil ichida 3 ta professional ish (material) nusxasi (yuklanuvchi maqolalar PDF formatda boʻlishi yoki ish namunalari bilan tanishish mumkin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri havola shaklida boʻlishi kerak). Arizalar onlayn tarzda yoki pochta orqali topshirilishi mumkin. Onlayn tarzda ariza topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Pochta orqali hujjat topshirmoqchi boʻlganlar 2020-yilning 17-apreliga qadar kerakli hujjatlarni quyidagi manzilga yetkazishi lozim:

Erin Koenig
Ocean Science Journalism Fellowship
Mail Stop #16
Woods Hole Oceanographic Institution
Woods Hole, MA 02543

Agar siz arizangizni pochta orqali yubormoqchi boʻlsangiz:

  1. Arizani to’ldiring va chop eting (ariza shakli).
  2. Jurnalistlar:
  • Yozuvchilar (maqola/kitob) oʻz maqolalarini 8-1/2X 11 dyuym formatida va matn hajmini qisqartirmasdan yuborishlari, butun kitob o’rniga, uning bir bobini yuborishlari kerak. Har bir topshiriladigan ishda ismingiz aniq keltirilganiga ishonch hosil qiling. Muharrirlar ish/materialda oʻz ishtirokini koʻrsatib oʻtishi kerak.
  • Radio/telejurnalistlar oʻz chiqishlari yoki ijodiy ishlarini DVD/CD disk shaklida, ishning umumiy uzunligini diskka yozgan holda yuborishlari lozim. Resjissor va prodyuserlar ishda oʻzishtirokini koʻrsatib oʻtishi kerak.
  • Multimedia jurnalistlari, fotosuratchilar va rassomlar o’z rasmlari, fotosuratlari yoki illyustratsiyalarining bosma namunasini taqdim etishlari kerak.
  1. Yodingizda boʻlsin, yuborilgan ishlar qaytarilmaydi.

Topshiriladigan ishlar va hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Hujjat topshirishdan oldin dasturning rasmiy saytiga kirib, barcha maʼlumotlarni eʼtibor bilan oʻqib chiqing.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +(508) 289-2252
E-mail: information@whoi.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!