×

AQSh: Lider xotin-qizlar uchun 5 haftalik dastur; barcha xarajatlar qoplanadi; joy – 108ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

4590 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining  U.S. Department of State’s Bureau of Educational and Cultural Affairs (ECA)  tashabbusi bilan tashkil etilgan TechWomen Emerging Leaders Program for Women in STEM in USA 2020 dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi. Dastur  Institute of International Education (IIE) tomonidan boshqatiladi. Dastur Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq davlatlarining STEM, yaʼni fan, texnologiya, matematika va muhandislik boʻyicha lider-ayollari uchun moʻljallangan. Ushbu dastur 5 hafta davomida Vashington shtatining Kolumbiya oktugida boʻlib oʻtadi va unda har yili 108 nafar nomzod qatnashadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va undan yuqori darajaga ega lider ayol talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Nomzodlarga Oʻzbekistondan AQShga borish-kelish uchun ikki taraflama aviachipta olib beriladi.
  2. Nomzodlarga San-Fransiskodan Vashingtonga ichki aviachipta olib beriladi.
  3. Nomzodlar dastur davomida San-Fransisko, Sanniveyl yoki Kaliforniyada turar joy bilan ta’minlanadi.
  4. Nomzodlarning ovqatlanish va koʻzda tutilmagan xarajatlari qoplanadi.
  5. Nomzodlarning Kolumbiya okrugi, Vashington mehmonxonalarida yashash xarajatlari qoplanadi.
  6. Ishtirokchini qabul qiluvchi kompaniyagacha ketadigan transport sarflari toʻlab beriladi.
  7. Nomzodlarning San-Fransisko, Kolumbiya okrugi, Vashingtonda boʻlib oʻtadigan ommaviy-guruhli tadbirlarda ishtirok etishi uchun mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.

Stipendiya dasturi ishtirokchining yakka holdagi sayohat va boshqa xarajatlarini, shuningdek, farzandlari va oila aʼzolari (agar ishtirokchi bilan birga kelgan boʻlsa)ga sarflanadigan mablagʻlarni qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq: Aljir, Misr, Iordaniya, Livan, Liviya, Marokash, Falastin, Tunis, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Kamerun, Keniya, Nigeriya, Ruanda, Syerra-Leone, Janubiy Afrika va Zimbabvelik ayollar bu dasturga ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod ayol jinsiga mansub, kamida ikki yil STEM: fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarida kasbiy tajribaga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kamida bakalavr darajasiga yoki shunga ekvivalent toʻrt yillik diplomga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilida yozish va gaplashish koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod J-1 almashuv vizasini rasmiylashtirish huquqiga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod oxirgi besh yil ichida AQShga immigratsiya vizasi uchun murojaat qilmagan (GreenCard bundan mustasno) boʻlishi lozim.
  7. Nomzod AQShda doimiy yashamasligi va AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak.

Shuningdek, quyidagi talablarga mos nomzodlarga koʻproq imkon beriladi:

  1. Nomzod oʻzi tanlagan sohasi boʻyicha yangi liderlik qobiliyatini volontyorlik, ijtimoiy tadbirlar va taʼlimdagi tajribasi orqali namoyon eta olsa.
  2. Nomzod oʻrgangan bilimlarini Vataniga qaytgandan soʻng xotin-qizlarga oʻrgatisa va ularning faolligini oshirishda foydalansa.
  3. Nomzod AQShda avva ishlamagan boʻlsa yoki juda kam vaqt ishlagan boʻlsa.
  4. Mahallasida oʻz tashabbusidan kelib chiqqan holda ixtiyoriy va davlat xizmatlarini yuritish boʻyicha tan olingan tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.
  5. Ishlab chiqarish va innovatsiyalarni qoʻllashga doir xizmatlari mavjud boʻlgan nomzodlarga koʻproq imkon beriladi.
  6. Almashuv dasturlarida ishtirok etish, ustozlik va yangi hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda jonbozlik koʻrsatgan nomzodlarning grant yutish imkoni yuqori.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar toʻgʻrisida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Ariza onlayn tarzda: shu yerda topshiriladi.

Nomzodlar fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarida qoʻlga kiritgan yutuqlari, liderlik qobiliyati, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati va layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Yarim finalga chiqqan talabgorlar 2020-yilning aprel oyida ogohlantiriladi.

Yakuniy natija 2020-yilning mayida eʼlon qilinadi.

Dastur 2020-yil oktabrda boshlanadi.

Ma’lumot uchun shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!