×

AQSh Northern Arizona University: Bakalavr va magistratura bosqichi uchun 10 000 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1608 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Arizona shtatida joylashgan Northern Arizona University 2021-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun International Excellence Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet Flagstaff kampusining bakalavriat va graduate degree-seeking kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant biruch yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning universitetda tashkil etiladigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun tayyorligi va baholari yuqori boʻlishi inobatga olinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va qisman magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Northern Arizona Universityda kontrakt toʻlovi 2020-21-oʻquv yili uchun taxminan 25 396 USD, turar joy, oʻquv qurollari va hokazolar bilan hizoblaganda esa 41 586 USD. Graduate degree-seeking program uchun esa tanlangan kursga qarab toʻlov hajmi farq qiladi. Kontrakt pulini tanlagan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yilgacha kontrakt pulini qisman qoplash uchun 10 000 USD mablagʻ ikki semestrga 5 000 USDdan boʻlib toʻlab beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun oʻzlashtirish koʻrsatkichi a’lo darajada boʻlishi talab qilinadi. Ya’ni, GPA kamida 4,0 dan 3,5 boʻlishi kerak.

Dastur grant yutib olgan nomzodning tibbiy sigʻurta, turar joy, ovqatlanish kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet Flagstaff kampusida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura graduate degree-seeking kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod universitet tomonidan jamoat ishlariga jalb etiladi. Shuning uchun talabgor jamoat ishlarida qantashishga tayyor boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet Flagstaff kampusida oʻqitiladigan barcha bakalavriat va graduate degree-seeking magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abiturientlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Kuzgi semestr uchun hujjat topshirish dedlayni 2021-yil 1-martgacha. Semestrda oʻqish 2021-yil kuzda boshlanadi.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi. Talabga koʻra baholar kamida 75% ijobiy boʻlishi kerak. Ya’ni GPA 4,0 dan kamida 3,0-3,5.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,0-6,5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • Magistratura uchun research proposal va tavsiyanoma, ish joyidan ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Grant haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, ijtimoiy faolligi, jamoat ishlarida qantashishga tayyorligi, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Maʻlumot uchun: studynau@nau.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!