×

AQSh: Oʻqituvchilar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan 4 oylik dastur!


Grant

MUHLAT

08.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4057 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi va American Councils for International Education 2020-yil kuzgi Faculty Enrichment Program (FEP) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu dastur oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilari uchun moʻljallangan. Dastur 2020-yil avgustdan dekabrgacha 4 oy davomida AQShda boʻlib oʻtadi. Dastur oʻqituvchilarning pedagogic malakalarini boyitish hamda kasbiy tajribalarini oshirish boʻyicha oʻtkaziladi. Dasturda ayni vaqtda OTMda kamida ikki yil uzluksiz faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar ishtirok eta oladilar. Odatda ushbu dasturga 10 nafar ishtirokchi saralab olinadi, biroq 10 nafardan koʻproq yoki kamroq ishtirokchi saralab olinishi ham mumkin. Dasturda qatnashish istagidagi nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha mutaxassis-pedagog boʻlishi kerak:

  • STEM (Engineering, Energy and Renewable Energy, Health Care, Computer Science, Informatics, Mathematics.
  • Sciences [Biology, Biotechnology, Agricultural Science, Chemistry, Physics, etc.]).
  • Business (E-Commerce, Business Analytics, Quantitative Modeling and Finance, Project Management, Supply Chain Management, Human Resources, Accounting).
  • Social Sciences (Economics, Political Science/International Relations, Education, Psychology, Anthropology, etc.).
  • Humanities (Languages, Area Studies, History, Theology).

Grant kimlar uchun?

OTM oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

4 oylik dastur davomida qatnashchilar AQShning turli hududlariga joylashtiriladilar va tashkilotchilar barcha toʻlovlarni toʻlab beradi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ayni vaqtda OTMda ma’ruzachi oʻqituvchi boʻlib yoki boshqaruv lavozimlaridan birida ishlayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod kamida ikki yillik toʻliq shtatda ishlagan, ya’ni mehnat tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilida yaxshi yozish va sozlashish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod 2020-yil avgustdan dekabrgacha AQShda yashash va ishlashga tayyor boʻlishi kerak.
  6. Nomzod Oʻzbekiston bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsata olishi va dastur tugagach Oʻzbekistonga qaytib kelishi kerak.
  7. Nomzod J-1 Exchange Visitor non-immigrant viza rasmiylashtirishga yaroqli boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 8-martgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish: shu yerda amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: fep@americancouncilsnetwork.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!