AQShning Merilend shahrida joylashgan Johns Hopkins University o’zining Scholarships for Master of Applied Science in Humanitarian Health grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi daromadi kam va oʻrta boʻlgan malakatlar (low- or middle-income country LMIC) fuqarolari uchun moʻljallangan. Grant doirasida onlayn magistratura kursi – Online Programs for Applied Learning (OPAL) Master of Applied Science (MAS) dasturi uchun ikki nafar talabaga mablagʻ ajratish rejalashtirilgan. Dastur bakalavr bosqichini tugatgan, ishlaydigan yosh mutahassislar uchun moʻljallangan. Batafsil maʻlumot shu yerda.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan 2 nafar talabaning har biriga 10 000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod daromadi kam va oʻrta boʻlgan malakatlardan birining (Oʻzbekiston ham bor) fuqarosi boʻlishi kerak.
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Online Programs for Applied Learning (OPAL) Master of Applied Science (MAS) dasturiga hujjat topshirishi
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil shu yerda bilib oling.
Dasturga qabul jarayoni:
Oliygohga hujjatlar SOPHAS yagona ariza berish portal orqali topshiriladi. Arizalar 2020-yil 15-maygacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayonida tugʻiladigan savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Tel: (617) 612-2090 Fax: (617) 612-2051 sophasinfo@liaisoncas.com.
Magistratura kurslariga hujjat topshirish tartibi:
- Onlayn ariza.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- 3 ta tavsiyanoma.
- Til sertifikati (IELTS 7.0/TOEFL iBT 100).
- Statement of Purpose and Objectives.
Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan topshirilishi kerak.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Hujjat topshirsh jarayoni haqidagi maʻlumotlar shu yerda.
Murojaat uchun:
Tel: 410-955-6878
Email: humanithealth@jhu.edu