×

AQSh: Oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 6 haftalik almashuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

30525 marta

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta ta’lim sohasida oʻqituvchi va ma’muriy boshqaruv lavozimlarida faoliyat yuritadigan xodimlarni navbatdagi Study of the U.S. Institutes (SUSI) for Secondary School Educators dasturida qatnashishga taklif etmoqda. Dasturda oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, maʼmur, oʻqituvchilar instruktori, ta’lim vazirligi mansabdor shaxslari, darslik yozuvchi mualliflar, oʻquv dasturi ishlab chiquvchi xodimlar va shu kabilar qatnashishi mumkin. Dastur ishtirokchilarning AQSh madaniyati, jamiyati, qadriyatlari va ta’limi haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Dastur qatnashchilari 2024-yilda belgilangan institutlarda 5 haftalik ilmiy rezidensiya dasturida va 1 haftalik AQSh hududiy boʻylab taʼlim safarida ishtirok etadi. Shuningdek,  onlayn dasturda ham qatnashish kerak boʻladi.

Dasturda 3 ta AQSH instituti qatnashadi va ushbu institutlarning maqsadi xorijdagi oʻrta taʼlim maktablari va boshqa ilmiy muassasalarda AQSH haqidagi oʻquv dasturini kuchaytirish hamda taʼlim sifatii yaxshilashdir. Institutlarning 2 tasi oʻrta maktab oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, ularda dastur davomidagi asosiy eʼtibor oʻqitish metodlari va pedagogikaga emas, balki AQSH haqidagi kontent va materiallarga qaratiladi.

Uchinchi institut tajribali maʼmurlar, jumladan, oʻqituvchilar instruktori, oʻquv dastturi ishlab chiquvchi xodimlar, darslik yozuvchi mualliflar, taʼlim vazirligi mansabdor shaxslari va boshqalarga moʻljallangan.

Bu yilgi qabulda faqat Surxondaryo va Qashqadaryoda yashovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Oʻzbekistonning boshqa hududlarida istiqomat qiladigan nomzodlar ariza topshira olmaydi.

Grant kimlar uchun?

Umumiy oʻrta ta’lim maktablari, litsey va kollej oʻqituvchilari, maʼmur, oʻqituvchilar instruktori, ta’lim vazirligi mansabdor shaxslari, darslik yozuvchi mualliflar, oʻquv dasturi ishlab chiquvchi xodimlar va boshqalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • J-1 viza yordami.
  • AQSHga joʻnab ketishdan oldin tayyorgarlik dasturi.
  • AQSHga borish-kelish va AQSH ichidagi aviaqatnovlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
  • Turar joy ajratiladi. Bunda ishtirokchilar odatda boshqa qatnashchilar bilan birga yashaydi.
  • Baxtsiz hodisa va xastalik yuzasidan tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi (sugʻurta oldindan mavjud boʻlgan xastaliklar xarajatlarini qoplamaydi).
  • Akademik dastur davomida oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi, shuningdek, Surxondaryo yoki Qashqadaryoda istiqomat qilishi kerak.
  • Qashqadaryo yoki Surxondaryoda joylashgan asosan mahalliy aholi taʼlim oladigan oʻrta taʼlim maktablari, litsey yoki kollejda toʻliq stavka asosida ishlaydigan oʻqituvchilar, shuningdek, tajribali maʼmurlar, jumladan, oʻqituvchilar instruktorlari, oʻquv dasturi ishlab chiquvchilar, darslik yozuvchi mualliflar, taʼlim vazirligi mansabdor shaxslari va shu kabi boshqalar ariza bera oladi.
  • Kamida 6 yillik tegishi ish tajribasiga ega boʻlish lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish va yuzma-yuza suhbatlar chogʻida inglizchada erkin soʻzlasha olishini koʻrsatishi zarur.
  • Nomzod oʻz oʻquv dasturiga AQSH haqidagi maʼlumotlarni olgan tarkibni kiritish yoki bunday tarkibni yaxshilash yoxud AQSH haqidagi taʼlim yoki shunga aloqador sohalardagi taʼlim xodimlari uchun maxsus seminarlar / treninglar taklif qilish masʼuliyatini olishi kerak.
  • Arizani toʻliq toʻldirib, kerakli hujjatlar bilan birga topshirishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2023-yil 30-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 18:00 gacha qabul qilinadi. Ariza topshirmoqchi boʻlganlar quyidagi hujjatlarni dedlayngacha Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga joʻnatish kerak:

Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Arizadagi barcha savollarga imkon qadar toʻliq javob berish kerak.

Savolar yuzasidan Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Savol yoʻllaganda elektron xabar mavzusiga (Subject) “SUSI for Secondary School Educators” deb yozilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!