AQShda joylashgan University of Michigan tarkibidagi Yevropa va Yevrosiyo uchun Ronald va Eileen Weiser markazi (the Ronald and Eileen Weiser center for Europe and Eurasia) Yevrosiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlar hamda san’at ustalari (artists) ni Weiser Professional Development Fellows dasturiga taklif etadi. Nomzodlar ixtiyoriy sohadagi tadqiqot ishi yoki Michigan universiteti vakili bilan hamkorlikdagi oʻqitish dasturi yuzasidan ushbu grantga hujjat topshirishi mumkin. Grant gʻoliblari Michigan universitetida 4 haftalik yoki 3 oylik tadqiqot safarlarida boʻlishadi. Weiser markazi 2020-yil uchun fevral-aprel yoki sentabr-noyabr mavsum uchun 5-7 ta grant ajratgan.
Grant kimlar uchun?
Pedagog hamda san’atkorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yurtib olgan nomzodlarning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:
- Borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
- Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
- Turar joy beriladi.
- Oʻrtacha kunlik harajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Armaniston, Ozarbayjon, Belarussiya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kaliningrad (Rossiya), Qozogʻiston, Kosovo, Qirgʻiziston, Makedoniya, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Oʻzbekiston yoki Slovakiya fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzod Oliy ma’lumotga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod koʻrsatilgan davlatlardagi OTMda ishlayotgan boʻlishlari yoki OTMlarda ilmiy tadqiqot olib borayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- Shu yerdan arizani yuklab oling va toʻldiring.
- Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
Hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilgan ariza.
- CV/resume.
- Doktorlik diplomi yoki nomzodning eng yuqori ilmiy darajasi diplomining nusxasi.
- Pasportning fotosurat tushirilgan beti nusxasi.
- Nomzod haqidagi 2 varaqli shaxsiy bayonot (personal statement). Hujjatda quyidagilar yozilishi kerak:
- Michigan universitetida nomzod olib borishni rejalashtirgan tadqiqot yoki hamkorlik loyihasi;
- grantga ariza berilayotganining sababi;
- grantning nomzod ishlaydigan OTMga manfaatli jihatlari;
- nomzodning aynan 4 haftalik yoki 3 oylik safar muddatini tanlashdan maqsadi koʻrsatilishi kerak.
- Michigan universitetining nomzod hamkorlik qilishi rejalashtirilayotgan fakultet yoki boʻlimidan taklif xati (elektron pochta orqali joʻnatilgan taklifnomalar ham qabul qilinadi). Michigan Universiteti fakultet va boʻlimlari haqida batafsil umich.edu vebsaytida tanishing.
- Nomzod ishlaydigan OTM rektori yoki dekani tomonidan yozilgan bitta tavsiyanoma. Tavsiyanoma konvertga solingan va muhrlangan boʻlishi kerak.
- TOEFL sertifikati nusxasi (agar nomzod soʻnggi uch yil ichida imtihon topshirgan boʻlsa).
Arizalarni dedlaynga qadar elektron pochta orqali: weiser@fulbright.edu.pl manzilga joʻnatilishi lozim.
Bogʻlanish uchun: weiser@fulbright.edu.pl; weiseraward@umich.edu