×

AQSh: Postdoktorlar uchun 75 000 AQSh dollar grant; oila a’zolar bilan AQShda yashash imkoni bor; joy – 10 tagacha!


Grant

MUHLAT

10.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1819 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Universitety of California Berkeley tarkibidagi Miller Institute 2020-2023-yillar uchun Miller Research Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant butun dunyo boʻylab ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoki 2020-yil 31-avgustgacha PhD ishini himoya qiladigan postdoktor tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin. Grant har yili 8-10 nafar nomzodga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkonyatlar yaratiladi:

  1. Uch yil davomida 65 000 USD miqdorida stipendiya beriladi.
  2. Uch yil davomida 10 000 USD tadqiqot uchun mablagʻ ajratiladi.
  3. 24 ish kuni hajmda mehnat ta’tiliga chiqich imkoni beriladi.
  4. 12 kunlik kasallik ta’tili ga chiqish mumkin.
  5. Nomzod AQShga oʻzi va oilasi bilan kelishi uchun qoʻshimcha 3 000 USD beriladi.
  6. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod PhD diplomiga ega boʻlishi yoki 2020-yil 31-avgustgacha PhD ishini himoya qiladigan postdoktor boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  4. Talabgorning nomzodi rahbariat/kafedra mudiri/dekan/rektor/prorektor tomonidan taqdim etilishi mumkin. Nomzod oʻz nomzodini oʻzi koʻrsata olmaydi.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda 2 ta ariza koʻrinishida topshiriladi. 1-ariza berish uchun dedlayn – 2019-yil 10-sentabrgacha; 2- ariza topshirish uchun esa 2019-yil 10 –oktabr. Har ikkala arizani ham toʻliq toʻldirish lozim.

Onlayn hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

1-arizani toʻldirish:

Nomzodni taqdim etayotgan shaxs bu arizani toʻldiradi! Ya’ni, ariza shaklini rahbariat/kafedra mudiri/dekan/rektor/prorektor toʻldirishi kerak. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiring.

Arizaga quyidagi ma’lumotlarni toʻliq va toʻgʻri yozing:

  1. Nomzodning toʻliq ismi-sharifi (login, nik kabi nomlar yozilmaydi, pasportda qanday boʻlsa, shuni yozing).
  2. Amalda ishlab turgan, yaroqli elektron pochta manzili. Barcha xabarlar shu manziliga yuboriladi.
  3. Nomzodning ayni vaqtda ishlab turgan ish joyi.
  4. Nomzodning pochta manzili, pochta indeksi.
  5. Nomzodning telefon raqami.
  6. Nomzod PhD ishini himoya qilgan/qilayotgan tashkilot.
  7. Nomzod PhD ishini himoya qilgan muddat yoki himoya qilishi kutilayotgan muddat. Nomzod PhD ishini 2020-yil 31-avgustgacha himoya qilib ulgurishi lozim.
  8. Nomzodga berilgan tavsiyanoma/tavsifnoma. Hujjat Miller Foundation talablariga mos kelishi kerak. Hujjat imzo va sana qoʻyilgan tarzda PDF faylda tizimga yuklanadi.

2-arizani toʻldirish:

1-ariza topshirilgandan keyin 2-arizani toʻldirish haqida xabar beriladi. Bu arizani ham rahbariat/kafedra mudiri/dekan/rektor/prorektor yoki taqrizchi toʻldiradi. Arizani shu yerda toʻldirasiz. Ariza berishdan avval millerfellows@millerfellows.org manzilidan taqriz/tavsiyanoma beruvchi professor haqida keladi. Ular bilan bogʻlanib tavsiyanomalar masalasini kelishing.

Arizaga quyidagi ma’lumotlar yoziladi/ilova qilinadi:

  1. Biografik ma’lumotlar. Bu ma’lumotlar viza olishda foydalaniladi, shuning uchun ular tartibli, toʻliq boʻlishi kerak. Shu ma’lumotlar asosida nomzodga J1 Scholar yoki mos keladigan viza rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatiladi.
  2. 2 ta tavsiyanoma/taqriz. Tavsiyanoma beruvchilar Miller Instituti/Kaliforniya universiteti yoki boshqa oliygoh professori boʻlishi mumkin. Ular tavsiyanoma yozish uchun shu yerdagi accountdan foydalanadilar.
  3. Nomzodni Kaliforniya universitetida qabul qiladigan boʻlim/kafedrada ishlaydigan xodim/oʻqituvchining kontaktlari. Shu yerdan universitet boʻlimlari va boshqa ma’lumotlarni topish mumkin. Boʻlim/kafedra/fakultet bilan avvaldan nomzodni qabul qilish masalasida kelishib qoʻyish kerak. Chunki ular nomzodning ular bilan bogʻlanganini tasdiqlashi, keyinchalik nomzodni koʻrsatilgan boʻlimga qabul qilishi kerak boʻladi.
  4. Research proposal. Universitetda nomzod qanday tadqiqotni amalga oshirmoqchi ekanligi haqida yoziladi.
  5. CV/resume. Hujjat ichida nashr ishlari ham koʻrsatilishi lozim.

Barcha ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatda onlayn tizimga joylanadi. Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Agar onlayn tizim bilan bogʻliq muammo tugʻilsa: miller_adm@berkeley.edu manziliga, dastur va hujjat topshirish jarayoni bilan bogʻliq maslalarda: millerinstitute@berkeley.edu manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa muddat ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: miller_adm@berkeley.edu; millerinstitute@berkeley.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!