Amerika Qoʻshma Shtatlarining Harvard University tarkibidagi Radcliffe Institute for Advanced Study 2020-2021-yillar uchun Radcliffe Fellowship Program dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant ilmiy-ijodiy izlanishlar olib borayotgan yoki 2018-yil dekabrgacha doktorlik ishini himoya qilgan postdoktor tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya 9 oy muddatga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin. Grant har yili 50 nafar nomzodga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Postdoktorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkonyatlar yaratiladi:
- 9 oyga 77 500 USD miqdorida stipendiya beriladi.
- Tadqiqot uchun 5 000 USD mablagʻ ajratiladi.
- Nomzodga transport xarajatlari uchun AQShga oʻzi va oilasi bilan kelishi 1 000 USD, har bir oila a’zosiga qoʻshimcha 200 USD beriladi.
- Oilasi bilan keladigan nomzodlarga 4 600 dan 7 000 USD turar joy uchun mablagʻ beriladi.
- Har bir voyaga yetmagan farzand uchun 2 500 dan 7 000 USDgacha pul ajratiladi.
- Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
Barcha moliyalashtirish hajmi: shu yerda.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod PhD diplomiga ega boʻlishi hamda 2018-yil 31-dekabrgacha PhD ishini himoya qilgan postdoktor boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Matematika va texnika fanlari boʻyicha nomzodlar kamida 5 ta ilmiy naqola e’lon qilgan boʻlishi lozim.
- .Ayni vaqtda doktorantura yoki magistraturada oʻqiyotgan talabalar bu grantga aria bera olmaydi.
- Avval bu dasturda qatnashganlar qayta ariza bera olmaydi.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Ijtimoiy fanlar boʻyicha nomzodlarga ariza berish uchun dedlayn – 2019-yil 12-sentabrgacha; aniq fanlar uchun esa 2019-yil 3–oktabr.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- Shu yerdan shaxsiy account oching.
- Shu yerda roʻyxatdan oʻting.
- Qanday qilib ariza berish tartibi bilan shu yerda tanishing.
- Talablar va hujjatlar tarkibi bilan shu yerda tanishing.
- Savollar tugʻilganda savol-javoblar sahifasidan javob olish mumkin.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- CV/resume.
- Research proposal.
- Yozma ish namunasi.
- 3 ta tavsiyanoma.
Barcha ilova qilinadigan hujjatlar onlayn tizimga joylanadi.
Natijalar 2020-yil mart oyida eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: fellowships@radcliffe.harvard.edu