AQShning New Mexico shtatidagi School for Advanced Research (SAR) maktabi National Science Foundation (NSF) jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Research Team Seminar seminar dasturini taklif etmoqda. Dasturdan maqsad antropologiyada hamkorlik va fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirishdir. Dastur har yili tadqiqot guruhlarini sintez qilish, tahlil qilish va oʻz ishlarining natijalarini muhokama qilish uchun kamida ikkita seminarni tashkillashtiradi. Seminarlar davomida loyiha rejalarini ishlab chiqiladi, va / yoki yangi loyihalar rejalashtiriladi. Dasturga tarmoqlararo (interdisciplinary) va xalqaro miqyosdagi guruhlarning ariza berishi qoʻllab-quvvatlanadi.
Seminarida 10 tagacha olim/tadqiqotchi antropologiyaning dolzarb mavzulari haqida muhokama va munozaralar olib boradilar. Ulardan bir yoki ikkitasi hakam etib tayinlanadi. Seminar 2-3 kun davomida SAR`ning Santa-Fe kampusida boʻlib oʻtadi. Seminarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida hakamdan muhokama mavzularini tayyorlash, ishtirokchilardan esa tarqatma materiallar tayyorlash talab etilishi mumkin. Seminar yakunida hakam SAR tadqiqot maktabi veb-saytida va yillik hisobotda foydalanish uchun 1500 soʻzdan iborat xulosani taqdim etishi zarur. Dastur haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Seminarlar maktabning shinam va qulay jihozlangan seminarlar uyida boʻlib oʻtadi. Unda majlislar zali, oshxona, ishtirokchilar uchun maxsus yotoq xonalari va ajoyib hovli mavjud. Dastur NSF tomonidan moliyalashtiriladi hamda ishtirokchilar safar xarajatlari, turar joy va oziq ovqat bilan ta’minlanadilar. Chet ellik qatnashchilarga aviachipta uchun 2 400 AQSh dollarigacha mablagʻ ajratiladi. Dastur doirasida 4 nafar chet ellik ishtirokchiga mablagʻ ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Dasturga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshrishlari mumkin.
- Dasturga birgalikda antropoligik tadqiqot olib borayotgan guruh/jamoalar hujjat topshiradilar.
- Dasturga tarmoqlararo (interdisciplinary) va xalqaro miqyosdagi guruhlarning ariza berishi qoʻllab-quvvatlanadi.
- Jamoa antropologiyaning dolzarb masalalari ustida tadqiqot olib borayotgan boʻlishi zarur. Batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga birgalikda tadqiqot olib borayotgan guruh/jamoalar hujjat topshiradilar. Arizalarni qabul qilish 2021-yil 1-fevralgacha shu yer orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza.
- Abstrakt (koʻpi bilan 150 ta soʻz)
- Proposal (6 sahifagacha).
- Bibliografiya (qisqa, 1 sahifadan oshmasligi kerak).
- CV.
- Tadqiqot ishining asl nusxasi va / yoki tadqiqotni moliyalashtirish taklifining bir nusxasi (tadqiqot ishini endi boshlamoqchi boʻlgan jamoa uchun).
Proposal`da quyidagilar yoritilishi kerak:
- Seminar mavzusi va muhokama qilinadigan asosiy
- Ushbu mavzu antropologiya va / yoki antropologiyadan tashqaridagi fanlar uchun qanday ahamiyatga ega.
- Nima uchun mavzuni muhokama qilish uchun seminar kerak.
- Seminar nima uchun kerak.
- Seminarda qatnashgan taqdirda har bir ishtirokchi kim boʻlishi va ularning har biri nima hissa qoʻshishi mumkinligi.
- Seminardan kutilayotgan natijalar.
Hujjat topshirish jarayoni va hujjatlarga ularga qoʻyilgan talablar haqidagi batafsil maʼlumot shu yerda.
Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Bogʻlanish uchun:
Tel: (505) 954-7237
E-mail: seminar@sarsf.org.