×

AQSh Space Settlement Contest: 18 yoshgacha oʻquvchilar uchun loyihalar tanlovi; mukofot – 5 000 AQSh dollar va Los Anjelesda konferensiya!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1911 marta

National Space Society tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Space Settlement Contest tanlov dasturida qatnashishga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov butun dunyo maktablarida tahsil olayotgan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Tanlovda orbital kosmik yashash joylari mavzusidagi original loyihalar, esse, san’at asarlari, illyustratsiyalar va hokazolar bilan qatnashish mumkin.

Grant kimlar uchun?

18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga oʻz ishlari bilan NSS International Space Development Conference (ISDC) konferensiyasida qatnashish imkoni beriladi.

  • Eng yaxshi loyiha muallifiga ogʻzaki taqdimot qilish imkoni hamda German Rubin mukofoti beriladi, bu mukofot 5000 USDni tashkil etadi.
  • Barcha ishtirokchilar, ota-onalar va oʻqituvchilar uchun tashkilotchi tomonidan maxsus darslar tashkil etiladi.
  • Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilgi gʻoliblar ham 2021-yilgi AQShning Los Anjeles shahrida tashkil etiladigan NSS International Space Development Conference (ISDC) konferensiyasida qatnashishlari kutilmoqda.
  • Imkon qadar hamma qatnashchilarga oʻz posterlarini taqdimotda e’lon qilish imkoni beriladi.
  • Tanlovda qatnashish toʻlovi 15 USD.
  • Barcha ishtirokchilarga .pdf formatidagi sertifikat beriladi. Sertifikatni tashkilotchi taqdim etgan havola orqali yuklab olinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchisi boʻlishi lozim. Konkursda 12-sinfgacha oʻquvchilar ishtirok etishi koʻrsatilgan, Oʻzbekistonda umumiy oʻrta ta’lim 11-sinfgacha ekanini hisobga olgan holda, kollej yoki litseylarda 1-kursda oʻqiyotgan 18-yoshgacha oʻquvchilar ham ushbu tanlovda qatnashishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.
  • 7-sinfdan kichik sinflarda tahsil oluvchi oʻquvchilar ham bu tanlovda qatnashishi mumkin.
  • 7, 8, 9, 10, 11, 12-sinflarda oʻqiydigan nomzodlar alohida toifalarga boʻlinadilar hamda yakka, kichik yoki katta guruhlarga birlashgan holda ushbu tanlovda qatnashishlari mumkin.
  • Har bir kichik guruhda a’zolar 2 dan 5tagacha, katta guruhdagi a’zolar soni esa 6 dan 12tadan oshmasligi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil dekabrdan 2021-yil 15-fevralgacha.

Hujjat topshirishdan avval: barcha ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing. Arizani: shu yerda onlayn tarzda toʻldiring.

Loyihalarga qoʻyiladigan talablar:

  1. Gʻoya erkin maydon (qishloq yoki hudud)da joylashgan obyekt boʻlishi kerak. Shuningdek, u sayyorada yoki oyda joylashishi mumkin emas. Siz tasavvur etayotgan hudud uy boʻlishi va vaqtinchalik ish joyi boʻlmasligi kerak. Shuningdek, gʻoya biror yashash hududi (masalan, kosmik mehmonxonalar) va uni kerakli qazilmalar, oziq-ovqat, maishiy mahsulotlar bilan ta’minlashga moʻljallangan boʻlishim lozim.
  2. Materiallar koʻpi bilan 50 betgacha, rasmlar esa 1-10 bet pdf yoki jpg formatda, har bir fayl hajmi 24 mbdan oshmagan hajmda boʻlishi kerak.
  3. Materiallar elektron shaklda topshiriladi.
  4. Tanlovda orbital kosmik yashash joylari mavzusidagi original loyihalar, esse, san’at asarlari, illyustratsiyalar va hokazolar bilan qatnashish mumkin.
  5. Topshirilayotgan loyiha original boʻlishi kerak, plagiatga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar biror manbadan iqtibos keltirgan boʻlsangiz, albatta manbani koʻrsating.
  6. Ota-onalar yoki oʻqituvchilar ishtirokchiga gʻoyani rasmiylashtirish yoki ifodalashda yordam berishlari mumkin.
  7. Hakamlar hay’ati qaror qabul qilgandan keyin, ushbu qaror yakuniy hisoblanadi va muhokama qilinmaydi.
  8. Avvalgi yilgi ishlardan namunalar bilan: shu yerda tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: matthew.levine@nss.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!