Library Company 1731-yilda Benjamin Franklin tomonidan tashkil etilgan va XIX asr oxirigacha Amerikadagi eng katta jamoat kutubxonasi boʻlgan. Kutubxonada AQShning XIX asr ikkinchi yarmigacha boʻlgan tarixi va madaniyatiga oid boy ma’lumotlar kolleksiyasi mavjud.
Historical Society of Pennysylvania kutubxonasi hozirda Balch Institute for Ethnic Studies tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan boyitilgan. Kutubxonada AQShning siyosiy, ijtimoiy va oilaviy masalalaridagi 19 milliondan ortiq qoʻlyozmalar, 500 000dan ortiq bosma ma’lumotlar va 300 000dan ziyod grafik ma’lumotlar saqlanadi.
Ikkala kutubxona Filadelfiya shahrida yonma-yon joylashgan va bir-biridan mustaqil faoliyat yuritadi. AQSh va Atlantik Olam tarixiga qiziquvchi tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. The Barra Foundation International Research Fellowships in American History and Culture rezidensiya dasturi esa olimlarga shu ikki kutubxonadagi boy ma’lumotlardan foydalanish va tadqiqot qilish imkoniyatini beradi. Dastur doirasida ikki nafar tadqiqotchi olimga bir oy davoida kutubxonalarda tadqiqot olib borish uchun sharoit yaratib beriladi. Rezidentlar Library Company’ga qarashli Cassatt House Fellow’s Residence binosida yashashadi.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga 1 oylik dastur uchun 2 500 USD stipendiya beriladi va ularga transport xarajatlarini qoplashlari uchun qoʻshimcha mablagʻ ham beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod doktorantura kursida tadqiqot qilayotgan, ilmiy ish qilayotgan yoki doktoranturadan keyingi tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan tadqiqotchi (olim) boʻlishi kerak.
- Nomzod olib borayotgan tadqiqot ishlari mavzulari AQSh va Atlantik Dunyo tarixi va madaniyati mavzularida boʻlishi zarur, kutubxonadagi kolleksiyalar esa nomzodning izlanishlari uchun juda muhim boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza berish uchun dedlayn – 2020-yil 1-mart.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastur Barra Fondi tomonidan moliyalashtiriladi, shuning uchun unga Fond tomonidan tashkil etilayotgan boshqa grant dasturlari bilan birgalikda ariza topshiriladi.
- The Barra Foundation International Research Fellowships in American History and Culture rezidensiya dasturiga arizalar shu yerda qabul qilinadi.
- Ariza toʻldirishda ariza beriladigan sahifada soʻralgan barcha ma’lumotlar kiritilib, sahifa oxiridagi dasturlar roʻyxatidan “Barra International Fellowships” deb koʻrsatilgan dastur tanlanadi va ariza topshiriladi.
- Ariza berishda CV va tadqiqot taklifi tayyorlanib, ikkalasi bitta PDF hujjat shakliga keltirilishi va tizimga joylanishi kerak.
- Undan tashqari, bitta tavsiyanoma ham taqdim etish kerak. Tavsiyanoma taqdim etishda, tavsiya beruvchi shu yerga kirib, yozilgan tavsiyanomani oʻzi yuklashi kerak boʻladi.
Ma’lumot uchun: (215) 546-3181 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.