×

AQSh: Talabalar oʻrtasida ishbilarmonlik-tadbirkorlik qobilyatlarini rivojlantirish uchun Conrad Chellenge 2020 tanlovi!


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1911 marta

Amerikaning Conrad jamg’armasi 13-18 yoshdagi talabalar uchun CONRAD CHALLENGE 2019-2020 dasturini e’lon qiladi. Dastur ilm-fan va texnologiyani student-driven va project-based yo’ndashuvlari orqali hayotga tadbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Dasturda hech qanday nazariy vazifalar yo’q! Talabalar real hayotda zarur lekin, muayyan javobga ega bo’lmagan masalalarni aniqlaydilar  va shu masalalarga yechim topish yo’li bilan yangilik kiritishni o’rganadilar. Ushbu dastur talabalarning tadbirkorlik va innovatsiyalar yaratish, ilm-fan va texnologiyadagi muammolarni yechish qobilyatlarini shakllantirish uchun mo’jallangan.

Ishtirokchilar guruhlarda ishlab quyidagi istalgan kategoriyalarda mavjud dunyoning ayrim eng murakkab muammolarini aniqlaydilar va ularga yechim topadilar:

Guruhlar xohishiga ko’ra bir vaqtning o’zida bir nechta kategoriyani tanlash imkoniyatiga egalar.

Grant kimlar uchun?

13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur uchun munosib deb topilgan talabalar XXI asr rivoji va individual, milliy va global darajalarda hayotni yanada yaxshi tomonga o’zgartira olish potensiali mavjud tijorat innovatsiyalarini hayotga tatbiq etishda zarur bo’lgan ko’nikmalarni rivojlantiradilar.

Dastur o’qituvchilar, sanoat ekspertlari va homiylar boshchiligida olib borilib, musobaqa hamkorlik, ijodkorlik(creativity), tanqidiy fikrlash (critical thinking) va muloqot (communication) bo’yicha master-klassga aylanadi.

2019-2020 Conrad Challenge ishtirokchilari va g’oliblariga ajratiladigan pul mukofotlari haqida bu yerda batafsil o’qishingiz mumkin.

Eslatma: ushbu dastur ilm-fan ko’rgazmasi emas! Bu dunyoni o’zgartira oladigan navbatdagi bo’lajak tadbirkorlar avlodini shakllantiradigan innovatsion musobaqadir.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Xalaqaro miqyosdagi ishtirokchi bo’lishi kerak.
  • Bir guruhda 2-5 tagacha talabalar bo’lishi kerak.
  • Talabar 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lishlari kerak.
  • Har bir guruhda 18 yoshga to’lgan guruh sardori bo’lishi kerak.
  • Har bir guruh o’zining biznes rejasi uchun 399 AQSh dollari miqdorida pul to’laydi.
  • 2020-yil, 21-24-aprel kunlari o’tkaziladigan Conrad Summitida ishtirok etish uchun sarflanadigan harajatlar uchun guruh a’zolari o’zlari ma’suldirlar.
  • Ishtirokchilarning har biri ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak.

2019-2020 Conrad Challenge dasturida ishtirok etish qoidalari va talablari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ro’yxatdan o’tish jarayoni

1-bosqich. Guruhni ro’yxatdan o’tkazish va guruh sardori tayinlash – 2019-yil, 1-noyabr.

2-bosqich. On-layn tarzda biznes reja taqdim etish – 2020-yil, 3-yanvar.

3-bosqich. CONRAD INNOVATION SUMMIT – 2020yil, 21-24-aprel.

Dasturda ishtirok etish uchun ro’yhatdan o’tish jarayoni haqida batafsil: bu yerda tanishing.

2019-2020 Conrad Challenge haqidagi batafsil  CONRAD FOUNDATION`ning rasmiy saytidan yoki talabalar uchun yo’riqnomadan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: 281-335-0200

E-mail: info@conradchallenge.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!