AAUW (the American Association of University Women) tomonidan ayollarni qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu grantlar AQSh fuqarolari bo’lmagan ayollarga AQSh ning akkreditatsiya qilingan universitetlarida magistratura yoki doktoranturada o’qish yoki doktorlikdan keyingi tadqiqot (postdoctoral research) olib borish uchun beriladi. Dasturdan maqsad ayollarni moddiy va ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada o’qishni yoki tadqiqot olib borishni xohlovchi xotin-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan har bir ayolga bir yilga:
- Magistratura/birinchi ilmiy daraja (first professional degree) bosqichida to’liq stavkada o’qish uchun 18000 AQSh dollari;
- Doktorantura bosqichida to’liq stavkada o’qish uchun 20000 AQSh dollari,
- Doktorlikdan keyingi tadqiqot olib borish uchun 30000 AQSh dollaridan grant beriladi.
Grant sifatida berilgan mablag’ 14%lik soliqqa tortiladi.
Grant bir yil muddatga, ya’ni 2019-yilning 1-iyulidan 2020-yilning 30-iyunigacha bo’lgan muddat uchun beriladi, lekin uni keyingi yil yana tiklash mumkin (renewable).
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos bo’lgan nomzodlarga beriladi:
- Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi va agar hozir AQShda yashayotgan bo’lsa ham vizasi vaqtinchalik bo’lishi kerak. Immigrantlik vizasiga ega nomzodlarga grant berilmaydi.
- Nomzod bakalavr darajasiga (doktorantura uchun – magistrlik diplomi qo’shiladi, tadqiqot uchun – doktorlik diplomi qo’shiladi) ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ilgari AAUW’ning mahalliy hamkorlik dasturlarida qatnashmagan bo’lishi kerak. Oldin ham shu grantga hujjat topshgan, lekin grant ajratilmagan nomzodlar qayta hujjat topshirishlari mumkin.
- Nomzod 2019-yil 1-iyuldan 2020-yil 30-iyungacha bo’lgan vaqt davomida o’qishi yoki tadqiqoti bilan toliq stavkada shug’ullanishga tayyor bo’lishi kerak.
- Nomzod grant tugagandan so’ng karyera qilish uchun vataniga qaytib ketishi kerak bo’ladi va u shunga tayyor bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini chet tili sifatida o’rgangan nomzodlar 2016-yil yoki undan keyin kamida TOEFL PBT’dan 550, TOEFL IBT’dan 79 yoki Revised TOEFL Paper-delivered testdan 60 ball olgan bo’lishi kerak. ATOEFL natijalarini AAUW’ga yo’naltirish uchun 9231 kodidan foydalaning. Bundan boshqa til imtihonlari natijalari, shu jumladan, IELTS ham qabul qilinmaydi.
- Magistratura va doktoranturada o’qish maqsadida grantga ariza berayotgan nomzodlar 2018-yil 15 noyabrgacha AQShning akkreditatsiya qilingan OTM (Oliy Ta’lim Muassasasi)laridan biriga hujjat topshirgan bo’lishlari va arizada shu OTM nomini ko’rsatib o’tishlari kerak.
- Magistraturada o’qish deganda J.D., M.F.A., L.L.M., M.Arch, M.D., D.D.S. kabi (faqat bular emas, shu kabi) ilmiy darajalar uchun o’qitiladigan kurslar nazarda tutilgan.
- Doktoranturada o’qish deganda D. or Ed.D. kabi ilmiy darajalar uchun o’qitiladigan kurslar nazarda tutilgan.
- Doktorlikdan keyingi tadqiqot olib borish maqsadida grantga hujjat topshirayotgan nomzodlar doktorlik ilmiy darajasiga ega ekanlklarini isbotlay olishlari va 2018-yil 15-noyabrgacha Ph.D., Ed.D., D.B.A., D.M.) yoki M.F.A. kabi tadqiqotchi doktorlik ilmiy darajasini olishlari kerak. Undan tashqari, ular arizada qayerda tadqiqot qilmoqchi ekanliklarini ham ko’rsatib o’tishlari lozim.
- Nomzod o’qishi yoki tadqiqot olib borishi rejalashtirilgan muddat 1 yildan kam bo’lmasligi kerak. 2020-yil apreldan oldin tugaydigan kurslar yoki tadqiqotlar uchun bu grant dasturi doirasida moddiy ta’minot ajratilmaydi.
- Nomzod o’qishni rejalashtirayotgan magsitratura yoki doktorantura kursi an’anaviy usulda, ya’ni auditoriyada va universitet binosida yuzma-yuz mashg’ulot olib boriladigan dastur bo’lishi shart. Onlayn yoki masofadan turib o’qitiladigan kurslar uchun grant ajratilmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza berish uchun bu yerga bosing. Ushbu grantning nomi “International Fellowships” deb ataladi. Grant tanlash kerak vaziyatda ro’yxatdan shu grantni tanlaysiz. Ariza to’ldirish jarayonida sizdan quyidagilar so’raladi:
- Nomzod uchun qo’yilgan talablarga mos ekaningizni tekshiruvchi testdan o’tish.
- Sizni yaxshi taniydigan uch shaxsdan uchta tavsiyanoma. Tavsiya beruvchilar sizni ishdan yoki o’qishdan taniydigan va shaxsingiz va potensialingizga to’g’ri baho bera oladigan shaxslar bo’lishi kerak.
- Olgan eng oxirgi ilmiy darajangizni tasdiqlovchi hujjat (diplom). Unga baholar ham ilova qilinadi. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi kerak. diplomga qilingan baholar ilovasida barcha fanlar ro’yxati va baholari yozilgan bo’lishi zarur. Agar siz o’qigan OTMning ilovalari odatda bunday formatda bo’lmasa, OTM ma’muriyatidan siz o’qishni bitirgan sanani tasdiqlovchi rasmiy xat talab etiladi. Agar ariza berish vaqtida hali o’qishni tamomlab diplom olib ulgurmagan bo’lsangiz, OTMdan uning shu OTM talabasi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat va shu vaqtgacha olingan baholar talab etiladi. Bunda ham baholar ilovasiga yuqorida aytilgandek talablar qo’yiladi.
- Qisqaroq aytilganda, o’z ilmiy darajangizni tasdiqlash uchun diplom va baholaringizni, yoki rasmiy xatni ko’rsatishi kerak. Barcha talablar va tafsilotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
- TOEFL baholari hisoboti (report).
- Agar siz hujjat topshirgan AQSh universiteti sizni o’qishga qabul qilgan bo’lsa, buni isbotlovchi barcha materiallarni, agar hali qabul qilinganlik haqida natijalar e’lon qilinmagan bo’lsa, hujjat topshirilgan kamida bitta OTM nomini ko’rsatishi kerak.
- CV/rezyume.
Dasturga qabul jarayoni shaffof bo’lishi uchun aynan qanday me’zonlar asosida saralash bo’lishi ko’rsatilmaydi. Lekin nomzodlarning natijalariga diplomalar, tavsiyanomalar, erishilgan yutuqlar, xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlovchi harakatlarda ishtirok, ariza vaqtida qayerda yashayotganlik kabi faktorlar ta’sir qiladi.
Ma’lumot uchun aauw@applyists.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.