×

AQShda gumanitar sohalarda ilmiy tadqiqot qilish uchun grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

972 marta

AQShdagi Texas Universiteti Garri Rensom markazi butun dunyodan ilmiy tadqiqotchilarni o’z ilmiy ishlarini olib borishda Markaz kolleksiyasidan foydalanishga taklif etadi. 2016-2017-o’quv yili uchun markaz 70 ta tadqiqotchi uchun grant ajratadi. Tadqiqotlar gumanitar sohada, jumladan, adabiyot, fotografiya, kino, rassomchilik, musiqa va madaniy tarix kabi yo’nalishlarda bo’lishi kerak. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar ilmiy ishlarini 2016-yil 1-iyundan 2017-yil 1-avgust oralig’ida tugatishlari lozim.

Grant kimlar uchun?

MUSTAQIL TADQIQOTCHILAR YOKI DOKTORANTURA DARAJASIGA EGA BO'LGANLAR YOKI DOKTORANTURA TALABALARI

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bir oydan uch oygacha bo’lgan qisqa muddatli tadqiqot dasturi tadqiqotchilarga oyiga 3000 dollar stipendiya beradi. Agar tadqiqot loyihasi markazda bir oydan kam muddat qolishni ko’zlasa, unga faqat 1200 dollar ichki safar xarajatlari uchun yoki 1700 dollar xalqaro safar xarajatlari uchun beriladi. Dissertatsiya tadqiqotchilari esa oyiga 1500 dollar stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • Bir oydan uch oygacha bo’lgan qisqa muddatli tadqiqot stipendiya dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar doktorantura darajasiga ega yoki mustaqil tadqiqotchi bo’lishi lozim. Mustaqil tadqiqotchilar doktorantura darajasiga ega bo’lmasa-da, ilmiy izlanishlar olib borgan bo’lishi kerak. Agar nomzod doktorantura talabasi bo’lsa, uni 2016-yil 1-iyunga qadar tugatishi lozim va bu haqda tadqiqot taklifi hamda tavsiyanomalarda aytib o’tishi lozim.
  • Dissertatsiyani tugatish uchun stipendiya dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar doktorantura talabalari bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

  • Arizachi SHU YERDA Rensom markazining onlayn ariza topshirish tizimida yangi hisob ochishi kerak. Unga elektron manzil orqali hisobdan o’tish raqami yuboriladi. Mazkur raqam tadqiqot taklifi hamda tavsiyanomada ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
  • Uch betli tadqiqot taklifidan iborat ariza shakli va bitta yoki ikkita tavsiyanoma onlayn ariza topshirish tizimiga PDF shaklida topshirilishi lozim.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2016-yil 15-yanvar.  Ariza natijalari 2016-yil mart oyidan so’ng e’lon qilinadi. Ariza to’ldirish bo’yicha  yo’riqnoma SHU YERDA. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!