1894-yilda tashkil etilgan American Society of Heating, Refrigerating and Air-Conditioning Engineers (ASHRAE) tashkiloti talabalarni 2019 Design Competition tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.
Tanlovda arxitektura, dizayn boʻyicha tahsil olayotgan talabalar qatnashishlari mumkin. Tanlovning yakuniy taqdirlash marosimi 2020-yil fevral oyida Florida shtatining Orlando shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlov mustahkam va barqaror bino loyihalashtirish bo`yicha o`tkaziladi. Shuningdek, binoga yordamchi mexanik elementlar va elektr tizimlarni ham loyihaga uygʻunlashtirish kerak boʻladi.
Bu yilgi tanlovda Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan kasalxona binosi loyihalashtiriladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar guruhlarga birlashtiriladi. Ammo talabaning oʻz guruhi boʻlishi shart emas. Masalan, yakka holda saralashdan oʻtgan talaba boshqa talabalar bilan guruhga biriktirilishi mumkin.
Tanlovda saralashdan oʻtgan guruhlar 1, 2 va 3-oʻrin hamda Rising Star gʻolib sifatida eʼlon qilinadi.
Ishtirokchilar quyidagi 3 yoʻnalishdan biri boʻyicha bellashadilar:
- HVAC Design Calculations (Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish hisobi)
- HVAC System Selection (Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish tizimlarini tanlash)
- Integrated Sustainable Building Design (ISBD) (Binoni barqaror kompleks loyihalashtirish)
Binoni loyihalashda quyidagilarga eʼtibor berish lozim:
- Arzon narx.
- Atrof-muhitga taʼsirning kamligi.
- Qulay va ekologik sogʻlomlik.
- Ijodiy va yuqori samarali koʻkalamzor dizayn.
- Sinergiya (arxitektura bilan uygʻunlik).
Grant kimlar uchun?
Arxitektura va dizayn sohasi talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda gʻolib boʻlgan guruhlarga quyidagi mukofotlar beriladi:
1-oʻrin.
- Komanda vakili 2000 AQSH dollar mukofot oladi.
- 2 kecha Floridada yashash, transport, ovqatlanish xarajatlari.
- ASHRAE 2020 tadbirida qatnashish xarajatlari uchun 100 AQSH dollar pul beriladi. ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat kerak boʻladi.
2-oʻrin.
- ASHRAE 2020 tadbirida qatnashish uchun 2 kechalik transport xarajatlari
- ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat tayyorlaydi.
3-oʻrin.
- ASHRAE 2020 tadbirida qatnashish uchun 2 kechalik transport xarajatlari
- ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat kerak.
Rising Star:
- ASHRAE 2020 tadbirida qatnashish uchun transport xarajatlari qoplanadi va tadbirda qatnashish uchun Floridada 2 kecha
- ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat zarur.
Talablar:
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Oʻzbekistonlik nomzodlar ishtirok eta oladilar.
- Nomzodlar arxitektura, dizayn boʻyicha oliygohda oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Nomzodlar boshqa ishtirokchilar bilan guruh boʻlib qatnashadilar.
- Nomzod bir oʻzi yoki guruhi bilan birga ariza berishi mumkin. Yakka oʻzi qatnashayotgan nomzodlar guruhlarga birlashadilar.
- Nomzod berilgan chizmalar boʻyicha oʻz loyihasini taqdim etishi kerak. Chizmalar va baholash mezonlari maqola soʻngida berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Loyihalar 2019-yil 3-maygacha qabul qilinadi. Loyihani joʻnatish uchun ASHRAE rasmiy saytida roʻyxatda oʻtish kerak.
Diqqat! Guruhlar va ularning ishlarini avval hududiy ASHRAE boshliqlari koʻrib chiqadilar. Oʻzbekistonda bunday boʻlim mavjud emas. Shuning uchun bu haqidagi savolingizni maqola oxirida berilgan onlayn murojaat shakli orqali aniqlang. ASHRAE boshliqlari haqida umumiy maʼlumot: SHU YERDA.
- HVAC Design Calculations tanlovi uchun ariza faqat PDF formatida qabul qilinadi. Hisob ishi prezentatsiyasi koʻpi bilan 35 betlik PDF fayl shaklida joʻnatiladi. Boshqa qoʻshimcha koʻrgazmali materiallar koʻrib chiqilmaydi. Matn shrifti Arial yoki Times New Roman va 11 oʻlchamda boʻlishi shart.
- HVAC System Selection tanloviga ariza 15 minutlik namoyish (PowerPoint, YouTube va hokazo) dasturlarida topshirilishi kerak. Barcha PPT avtomat tarzda keyingi sahifaga oʻtiladigan qilib tuzilgan boʻlishi (bittalab sichqonchani bosib keyingi sahifaga oʻtkazadigan boʻlmasligi) va koʻpi bilan 30 betlik PDF formatidagi texnik hisoblar bilan joʻnatiladi. Matn shrifti Arial yoki Times New Roman va 11 oʻlchamda boʻlishi kerak.
- Integrated Sustainable Building Design tanloviga ariza 15 minutlik namoyish (PowerPoint, YouTube va hokazo) dasturlarida topshirilishi kerak. Barcha PPT avtomat tarzda keyingi sahifaga oʻtiladigan qilib tuzilgan boʻlishi (bittalar sichqonchani bosib keyingi sahifaga oʻtkazadigan boʻlmasligi) va koʻpi bilan 35 betlik PDF formatidagi texnik hisoblar bilan joʻnatilishi lozim. Matn shrifti Arial yoki Times New Roman va 11 oʻlchamda boʻlishi zarur.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi chizmalar loyihalanadi:
Diqqat! Kasalxona 6,503 metr kv. maydondagi toʻrt qavatli binoda joylashgan. Obyekt yaqinida metro bekati mavjud. Kasalxona hududida bir necha klinik laboratoriya, diagnostika markazi va hokazo binolar bor. Loyihalash davomida shularga eʼtibor bering.
Bu yerda kasalxona egalarining talablari koʻrsatilgan:
Quyida binoning amal qilish muddati berilgan:
Utility and Service Life Overview
Loyihalanayotgan binoga ob-havoning taʼsiri ham hisobga olinishi kerak. Shuning uchun Budapeshtdagi ob-hao maʼlumotlari ham berilgan:
Budapest, Hungary weather data
Quyida kasalxona binosi va fasadi chizmalari koʻrsatilgan:
Elevations – All Levels (PDF)
Floor Plan Ground Level (PDF)
Floor Plan, Level 1 (PDF)
Floor Plan Level 2 (PDF)
Floor Plan Level 3 (PDF)
Elevations – All Levels (.dwg)
CAD Architectural Floor Plan, Ground Level (.dwg)
CAD Architectural Floor Plan, Level 1 (.dwg)
CAD Architectural Floor Plan, Level 2 (.dwg)
CAD Architectural Floor Plan, Level 3 (.dwg).
Nomzodlar hakamlar hayʼati ishlab chiqqan baholash mezolariga koʻra saralanadi.
Natijalar 2019-yil 5-avgustda eʼlon qilinadi.
Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda: SHU YERGA onlayn murojaat qiling.