Royal Museums Greenwich tomonidan tashkil etilgan Astronomy Photographer of the Year fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda osmon va osmon jismlarining mobil yoki foto apparatlar yordamida tushirilgan foto suratlari qabul qilinadi. Tanlovda 2020-yilda g’olib bo’lgan fotosuratlarni bu yerda ko’rishingiz mumkin. G’olib bo’lgan fotosuratlar ko’rgazmasi haqida bu yerda o’qing.
Tanlovda yoshlar, kattalar va astrofotografiyaga yaqinda kirib kelgan havaskor ishtirokchilar uchun alohida mukofotlar belgilanadi. Tanlovga kattalar kategoriyasi bo’yicha quyidagi alohida mavzularda suratlar jo’natish mumkin:
- Shimol va janub yog’dulari
- Galaktikalar
- Oy
- Quyosh
- Insonlar va kosmos
- Sayyoralar, kometalar va asteroidlar
- Osmon manzaralari
- Galaktika jismlari – yulduzlar, yulduz turkumlari, supernova va boshqa jism hamda fenomenlar.
Yoshlar kategoriyasida alohida mavzular yo’q, kelib tushgan suratlar umumiy saralanadi.
Grant kimlar uchun?
Professional va havaskor suratkashlar (barcha) uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
G’oliblar pul mukofotlari, BBC’sing Sky at Night jurnaliga bir yillik bepul obuna, National Maritime Museum ko’rgazmasiga fotosuratlarini joylashtirish va Astronomy Photographer of the Year nashrlarida e’tirof etilish imkoniyatini qo’lga kiritadi.
- Kattalar kategoriyasi uchun bosh sovrin – 10 000 funt sterling
- Har bir mavzu bo’yicha birinchi o’ringa – 1500 funt sterling, ikkinchi o’ringa 500 funt sterling, uchinchi o’ringa 250 funt sterling
- Yoshlar kategoriyasi uchun asosiy sovrin – 1500 funt sterling va Celestron Astromaster 130EQ MD teleskopi. 2 va 3- o’rinlarga mos ravishda 500, 250 funt sterling
- Undan tashqari, eng innovatsion surat va havaskor suratkash tushirgan eng yaxshi surat uchun 750 funt sterlingdan mukofot beriladi.
Talablar:
- Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
- Bitta ishtirokchi 10 tagacha fotosurat topshirishi mumkin.
- Tanlovda 16 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar yoshlar kategoriyasi, 16 yoshdan oshganlar kattalar kategoriyasida ishtirok etishlari mumkin.
- Bitta ishtirokchi har xil mavzular uchun suratlar jo’natishi mumkin.
- Yuborilgan surat muallif tomonidan tushirilgan va tahrirlangan bo’lishi lozim. Barcha qoidalar
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga 11-yanvardan boshlab arizalar qabul qilinadi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 5-mart. Arizalar 11-yanvardan boshlab bu yerda to’ldiriladi.
Murojaat: astrophotocomp@rmg.co.uk.