Avstriyada joylashgan Künstlerhaus Büchsenhausen tadqiqot markazi amaliy va tasviriy san’at yo’nalishida tadqiqot va boshqa mashg’ulotlar olib boruvchi markaz hisoblanadi. Shu markaz tomonidan tashkillashtirilgan 5 oylik rezidensiya-amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Rezidensiya dasturi amaliy va tasviriy san’at hamda mediya yo’nalishlarida faoliyat olib boruvchi tanqidchilar, nazariya bilan shug’ullanuvchilar va san’atning o’zi bilan shug’ullanuvchi usta hamda rassomlar uchun mo’ljallangan. Dastur Künstlerhaus Büchsenhausen markazida bo’lib o’tadi va unda qatnashchilar o’zlari tanlagan tadqiqot mavzusida turli mashg’ulotlar bilan band bo’ladilar. Odatda qatnashchi o’z sohasiga ko’ra biror ish ustida ishlashi, ijod qilishi yoki shunchaki tadqiqot olib borishi mumkin bo’ladi. Rezidensiya dasturi davomida qatnashchilar uchun trening, seminar va ma’ruzalar ham tashkil qilinadi. Qatnashchilar dastur davomida bir-birlari bilan tanishishlari va fikr almashishlari mumkin bo’ladi.
Rezidensiya-amaliyot dasturining maqsadi iqtidorli mutaxassislarni to’plab, san’at sohasida muhim va aktual bilim va yechimlar yaratish. Rezidensiya dasturi 2019-yil 30-sentabr va 2020-yil 5-iyun oralig’ida kamida 5 oy davomida bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
San’at sohasida faoliyat yurituvchilar uchun (san’at, arxitektura, mediya nazariyasi va tanqid)
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
5 oylik dastur uchun qatnashchiga grant ajratilgan bo’lib, bu grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Qatnashchiga 3200 yevro pul mablag’i beriladi.
- Har bir qatnashchiga yashashi va ishlashi uchun turar-joy beriladi, bu yerda katta umumiy oshxona ham bo’ladi.
- Qatnashchi olib borayotgan ishini amalga oshirish uchun unga moddiy ta’minot ajratiladi.
- Professional almashinuv maqsadida Büchsenhausenga mutaxassislarni taklif qilish uchun ham alohida mablag’ beriladi.
- Qatnashchining safar xarajatlarini qoplab uchun unga mablag’ ajratiladi.
- Undan tashqari, dastur so’nggida guruh ekskursiyasida ishtirok etish imkoniyati ham mavjud.
Talablar:
Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin, bu borada cheklovlar yo’q. Lekin u san’at sohasi vakili bo’lishi kerak. Masalan, dasturga san’at sohasi teoristlari, tanqidchilari, amaliyotchilari, arxitektura, mediya nazariyotchilari kabi mutaxasislar qabul qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, amaliyot dasturi ingliz tilida bo’ladi.
- Nomzod dastur davomida nima ish bilan shug’ullanishini aniq bilishi va bu borada tadqiqot (amaliyot) mashg’uloti taklifi tayyorlashi kerak. Bu taklifda uning rezidensiyada vaqti nimalar bilan shug’ullanishi va nimalarni maqsad qilgani ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
- Nomzod butun dastur davomida Avstriyada bo’lishga tayyor bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirishda onlayn formani to’ldirish kerak, shunda sizga elektron pochta orqal tasdiq xati jo’natiladi. Undan so’ng hujjat topshirish mumkin. Dasturga arizalar 2019-yil 25-yanvarga qadar ushbu manzilga pochta orqali jo’natilishi kerak:
Künstlerhaus Büchsenhausen
Ref.: “Fellowship 2019-20”
Weiherburggasse 13
6020 Innsbruck
Austria
Ariza topshirishda pochta tezligini hisobga olgan holda ertaroq hujjat topshirish zarur (pochta hujjatlarni yetkazib borishiga bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt ketadi).
Kerakli hujjatlar:
- 3 ta nusxada Tadqiqot/ish taklifi (hajmi 1500 so’zdan oshmasligi kerak).
- San’at bilan shug’ullanuvchilar uchun: Portfolio (nomzodning ishlaridan namunalar). Nozmod ko’pi bilan ikkita katalog taqdim etishi mumkin. Portfolio DVD, fleshka yoki shu kabi xotira uskunasiga joylangan bo’lishi kerak. Tanqidchi va nazariya bilan shug’ullanuvchilar uchun: yozma yoki boshqa turdagi eng oxirgi ishlardan namuna.
- 3 ta nusxada CV.
- Chop etilgan va to’ldirilgan ariza.
Dasturda ishtirok etgan sobiq rezidentlar va hozirgi qatnashchilar haqida ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, bu yerga bosing. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Elektron pochta: fellowship@buchsenhausen.at
Telefon: +43 512 278627