×

Avstraliya: University of Queensland – bakalavriat bosqichi uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

30.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1901 marta

Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan University of Queensland oliygohi TC Beirne School of Law maktabiga Bachelor of Laws (Honours)/(LLB (Hons)) darajasini olish uchun hujjat topshirgan chet ellik talabalarga TC Beirne School of Law Scholarship for International Students grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad a’lochi va huquqshunoslik sohasiga qiziquvchi talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Ulardan biriga o‘qish to‘lovini 50 foizi, yana briga 25 foizi to‘lab beriladi. Grant faqat kontrakt to‘lovini qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni boshqa maqsadlarda sarflab bo‘lmaydi.

University of Queensland oliygohida o‘qish xarajatlari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talabl;arga mos bo‘lishi kerak:

  1. Nomzod avstraliya fuqarosi bo‘lmasligi kerak.
  2. Nomzod 12 yillik ta’limga ega bo‘lishi zarur.
  3. Nomzod oliygohning TC Beirne School of Law maktabiga Bachelor of Laws (Honours)/(LLB (Hons)) darajasini olish uchun bakalavr kursiga qabul qilingan bo‘lishi/qabul qilinishi kerak.
  4. Nomzodning oliygohga endigina qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod grant bilan bir vaqtda boshqa dastur bo‘yicha stipendiya olishi mumkin emas.
  6. Nomzodlar akademik salohiyati va huquqshunislikka bo‘lgan qiziqishiga qarab tanlanadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

2020-yilning 3-semestrida boshlanadigan huquqshunoslik kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod ariza shaklini to‘ldirib, barcha kerakli hujjatlar bilan birga shu yilning 30-oktabriga qadar scholarships@law.uq.edu.au manziliga email tarzida yuborishi kerak.

Grant dasturi uchun kerakli hujjatlar:

  1. Ariza shakli.
  2. Baholardan ko‘chirma.
  3. Shaxsiy bayonot.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Til sertifikati.
  6. Rezyume/CV.

Grant dasturiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar hujjatlarini 30-oktabridan kechiktirmasdan topshirishlari zarur.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab/kollej/litsey diplomi.
  3. Baholardan ko‘chirma (diplom ilovasi).
  4. Ingliz tilini o‘zlashtirganlik haqidagi sertifikat (IELTS 7.0 va undan baland, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball).
  5. Tavsiyanoma.
  6. CV/rezyume.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to‘liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki grant nizomidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Ma’lumot uchun: scholarships@law.uq.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!