×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va 2 116 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2197 marta

Avstraliyada joylashgan Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University 2020-o‘quv yili uchun Meng Fei Innovative Future leader scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda oʻqitiladigan bakalavriat va magistratura (coursework) kurslariga o‘qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Nomzodlar iqlim oʻzgarishlari muammolari ustida ishlashi kutilmoqda. Grant bir-toʻrt yilga ajratiladi. Grant 4 nafar quyidagi fakultetlarga oʻqishga kitgan talabalarga beriladi:

  • Faculty of Business and Law
  • Faculty of Health Sciences
  • Faculty of Humanities
  • Faculty of Science & Engineering (Science courses, Engineering courses,Western Australian School of Mines (WASM).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura (coursework) bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 1-4 yil davomida kontrakt puli toʻliq qoplanadi va Curtin kampusida turar joy uhun 3 000 AUD (taxminan 2 116 USD) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa) istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan fakultetlarning birida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura (coursework) kurslaridan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda o‘qishi va homiylik yordami olmayotgan talaba boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  7. Nomzod kamida100 dan 80 natija koʻrsatishi lozim.
  8. Nursing courses, Master of Pharmacy, Bachelor of Science (Oral Health Therapy) va Master of Psychology kurslariga hujjat topshirgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  9. Boshqa universitetlardan oʻqishini koʻchirgan talabalar ariza bera olmaydi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan fakultetlarning birida oʻqitiladigan bakalavriat yoki magistratura (coursework) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga alohida, grantga alohida ariza berish kerak. Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn – 30-sentabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga hujjat topshiring.
  2. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
  3. Hujjat topshirishdan avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  4. Oʻqishga ariza shakli va grantga ariza shaklini toʻldirib, kerakli hujjatlar bilan ci-enquiries@curtin.edu.au manziliga joʻnating.
  5. Grantga oid savollar yuzasidan study@curtin.edu.au manziliga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi. Diplomi Avstraliyada qabul qilingan standartlarga mos kelmagan nomzodlardan foundation year diplomi yoki 1 yil bakalavrda oʻqianlik haqida hujjat soʻralishi mumkin.
  • Diplom ilovasi/baholar. Baholar 86-100% a’lo boʻlishi lozim.
  • Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
  • CV/Rezyume.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Batafsil ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: study@curtin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!