×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 50 foizgacha grant


Grant

MUHLAT

06.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1638 marta

Avstraliyaning Kvinslend shahri Gold-kost shaharchasida joylashgan Bond University 2020–yilda boshlanadigan kurslar uchun Transformer Scholarships dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad universitetda real oʻzgarishlar qila oladigan salohiyatli va iqtidorli xorijlik talabalarni ragʻbatlantirish. Grant universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan 2 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bond Universityda oʻqish toʻlovi bosqichlar va kurslarga qarab farq qiladi. Umumiy tarzda kontrakt hajmi haqida: shu yerda tanishishingiz mumkin. Aniq ma’lumotni esa sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan bilib oling.

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi.

Grant talabalarning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan yarmi hamda yashash, tibbiy sugʻurta kabi sarflarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod Bond Universityning bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak. (Hali universitetga hujjat topshirmagan nomzodlar avval shu yerdagi havola orqali universitetga hujjatlarini topshirib, keyin stipendiya dasturiga ariza berishlari mumkin).
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Bond University tibbiyot dasturlariga hujjat topshirgan talabalar ushbu grantga ariza bera olmaydi.
  5. Nomzod avval Bond University’da tahsil olmagan boʻlishi kerak.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo Bond Universityga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur. Shu sabbli avvalo universitetga onlayn tarzda ariza toʻldirilib, belgilangan muddat tugaguniga qadar (universitetga qabul muddati yoʻnalishlarga qarab har xil boʻlishi mumkin) taqdim etilishi zarur. Keyin grant dasturi uchun alohida ariza shakli toʻldiriladi. Grantga dedlayn – shu yilning 6-sentabri.

Grant dasturi va universitetga hujjatlar topshirish muhlati turlicha boʻlishi mumkin. Universitetga hujjatlar qabul qilish muhlatlari bilan shu yerda tanishing.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Qaysi bosqichga hujjat topshirilayotganiga qarab attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi.
  3. Diplom ilovasi. Agar hali oʻqishni tugatmagan boʻlsangiz, baholardan koʻchirma topshirasiz.
  4. Baholash tizimi haqida ma’lumot (masalan, 100 ballik tizimda qancha foizni tashkil etishi).
  5. Tanlangan soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
  6. CV/rezyume.
  7. Pasport nusxasi.
  8. Til sertifikatlari (tanlangan yoʻnalishga qarab IELTS 5.5 dan 7.0 ballgacha talab etiladi).
  9. Ba’zi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grant dasturi uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar quyidagi hujjatlar bilan joʻnatiladi:

  1. Stipendiya uchuntoʻldirilgan ariza.
  2. Oʻqishdan ma’lumotnoma (agar ayni vaqtda maktab/kollej/litsey/bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlsangiz).
  3. Liderlik, tashkilotchilik va ijtimoiy faolligingiz haqida ma’lumot. Bu hujjatni toʻldirirish uchun:shuyerdagishablondan foydalaning.
  4. 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar sizning faolligingizni koʻrsatishi kerak.
  5. Nomzod 3 minutdan oshmagan hajmdagi Youtube yoki onlayn namoyish saytlaridan biriga joylashtirilgan videosyujet topshiradilar. Videoda quyidagi 2 ta savolga javob yozilgan boʻlishi kerak:
    • What is the problem? What is the problem you would like to explore as a participant in the Transformer? Why is it important? Why hasn’t the problem been solved already? What alternative solutions exist, if any?
    • Why you? Why are you the right person to take on this problem? What personal characteristics and experiences do you feel you possess that are relevant to the taking on your proposed project? Why will others want to work with you on this project? Why do you want to come to Bond and participate in the Transformer?

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar:

  1. Hamma hujjatlar A4 formatida skaner qilinishi kerak.
  2. Har bir hujjat alohida skaner qilinishi va yuborishi (upload) lozim.
  3. Hujjatlarning hajmi 10 mbdan oshmasligi zarur.
  4. Hujjatlarning nomlanishi faqat harf va/yoki sonlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Batafsil ma’lumot.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerda bilib oling.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni: shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: information@bond.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!